Ру Ўз O`z En

Respublikadagi 750 mingdan ortiq maydonga "to‘qsonbosti" ekinlarini vaqtida va sifatli ekish ishlari nazoratda

19 Sentyabr 2024 1120

Joriy yilda Respublika hududlarida 2025-yil hosili uchun barcha toifadagi xo‘jaliklarda 2024-yilning avgust-sentyabr oylarida 229 ming 561 gektar, noyabr-dekabr oylarida 522 ming 727 gektar jami 752 ming 288 gektar maydonga to‘qsonbosti usulida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish belgilangan.

Inspeksiya tomonidan, hududlarda avgust-sentyabr oylaridagi to‘qsonbosti usulida ekinlarni ekish ishlari o‘rganilganda, bugungi kungacha (18.09.2024 yil holatiga) 195 ming gektar maydonlarda ekinlar ekib bo‘linganligi maʼlum bo‘ldi.

Xususan, to‘qsonbosti usulida 136 ming 261 gektar yerga piyoz ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 117 ming 157 gektar maydonlarda, sarimsoqpiyoz rejalashtirilgan 93 ming 300 gektar maydondan bugungi kungacha 77 ming 893 gektar maydonlarga ekib bo‘linganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, faqatgina fermer xo‘jaliklari tomonidan joriy yilning avgust-sentyabr oylarida 53 ming 459 gektar, noyabr-dekabr oylarida 210 ming 350 gektar, jami 263 ming 808 gektar maydonga to‘qsonbosti usulida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish belgilangan bo‘lib, bugungacha 43 ming 779 gektar maydonlarda piyoz va sarimsoqpiyoz ekish ishlari amalga oshirilgan.

Shundan, ochiq maydonlarga 7 ming 575 gektar piyoz va 3 ming 859 gektar sarimsoqpiyoz ekilgan bo‘lsa, bog‘-tok qator oralariga 21 ming 906 gektar piyoz va 10 ming 439 gektar sarimsoqpiyoz ekinlari ekib bo‘lingan.

To‘qsonbosti usulida ekish – daromad manbai. U bir yilda yerdan bir necha marta maqsadli foydalanish bilan birga ro‘zg‘or butligi va dasturxon to‘kinligini taʼminlovchi omillardan biridir. Shu bois xududlarda to‘qsonbosti usulida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi Inspeksiya tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi

Text to speech