«O‘zagroinspeksiya»ning Andijon viloyat boshqarmasi Texnika holatini nazorat qilish sohasida qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini texnik holatini nazorat qilish, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish va raqamlashtirish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnik tadbirlar o‘tkazishda foydalaniladigan 6.3 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik holati ustidan nazorat o‘rnatildi va buning natijasida ushbu texnikalar yordamida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishi taʼminlandi.
Shuningdek o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 25 ta nosoz texnikadan foydalanish va uni yo‘lga chiqarish, 1 ta texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan foydalanish, 4 ta texnikani boshqaruv huquqisiz boshqarish holatlari aniqlanib, ularga nisbatan 234 ta yozma ko‘rsatma, 133 ta taqdimnoma va 30 ta maʼmuriy jazo choralari qo‘llanildi.
Davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘nalishida 391 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi taʼminlandi va ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida 517 dona texnik pasport, 309 dona davlat raqam belgisi hamda 122 dona texnik guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Shu bilan birga 1888 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi taʼminlandi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun 354 ta talabgorlardan imtihonlar olindi va imtihondan o‘tgan 354 ta talabgorga traktorchi-mashinist guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.
Ko‘rsatiladigan 6 turdagi davlat xizmatlaridan «my.gov.uz» portal orqali foydalanish imkoniyati yaratildi va ushbu portal orqali Inspeksiya kelib tushgan 4 ga yaqin jismoniy va yuridik murojaatlari ijrosi taʼminlandi.
O‘zaro maʼlumotlarni almashishni qog‘oz shaklidan voz kechilib elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan qilingan integratsiyalar soni 16 taga yetib, buning natijasida 2.5 mingdan ortiq elektron axborot almashinuvi amalga oshirildi.