Ру Ўз O`z En

2025-yil g‘alla hosilini sifatli qabul qilishda don qabul qiluvchi korxonalari va ularga qarashli don qabul qilish shoxobchalarining  moddiy-texnika bazasini tayyorgarligi “O‘zagroinspeksiya” nazoratida

14 May 2025 49

Don - xalqimizning rizq-ro‘zi, farovonlik omili sanaladi. Shu bois urug‘ qadashdan tortib toki pishib yetilgan donni qabul qilish shaxobchalariga yetkazish va saqlashgacha bo‘lgan jarayonning sifatli kechishi muhim ahamiyatga ega.

Shu boisdan «O‘zagroinspeksiya»ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan “QoraqalpoqdonmahsulotlariAJ, “TaxiatoshdonmasulotlariAJ, “Qon’g‘irot un zavodiAJ va ularga qarashli filial, don qabul qilish shoxobchalari hamda “Chimboy donMChJ, “To‘rtkuldonmahsulotlariMChJ, “Shabboz klasterMChJ, “Guldursun g‘alla klasterMChJ, “To‘rtkul paxta tola agroklasterMChJ, “Qipchoq g‘alla klasterMChJ, “Nukus BEST SEEDSMChJlarining 2025-yil g‘alla hosilini qabul qilish mavsumiga moddiy-texnika bazasi va laboratoriya jihozlarining tayyorgarligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganish davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 4 ta don korxonasi, hamda 6 ta klaster va  ularga qarashli filial va don qabul qilish shoxobchalarining 2025-yil g‘alla hosilini qabul qilish mavsumiga moddiy-texnika bazasi va laboratoriya jihozlarining tayyorgarligi bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar berilib amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan don qabul qiluvchi korxonalar va ularga qarashli don qabul qilish shoxobchalar hamda g‘allachilik kalsterlar tomonidan 2025-yil g‘alla hosilida jami 127 ming 400 tonna boshoqli don (bug‘doy), shundan 117 ming 400 tonna tovar va 10 ming tonna urug‘lik bug‘doy doni qabul qilish rejalashtirilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi don qabul qilish korxonalari va ularga qarashli filial va maskanlarning laboratoriya xonalarida tahlillar o‘tkazishda kerak bo‘ladigan zarur o‘lchov vositalari hamda laboratoriya uskunalari bilan to‘liq jihozlangan bo‘lib, avtomobil, vagon tarozilari va laboratoriya o‘lchov vositalari metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilgan hamda qiyoslov sertifikatlari bilan ta’minlangan.

Bugungi kunda don korxonasi, filiali va don qabul qilish shoxobchalari  2025-yil g‘alla hosilini qabul qilish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlanib g‘alla hosilini qabul qilishga talab darajasida shay holatga keltirilgan.

Q.Seyilbekov,

«O‘zagroinspeksiya»ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi

Text to speech