“O‘zagroinspeksiya” ning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2025-yil g‘alla hosilini qabul qilishda ishtirok etadigan don qabul qiluvchi korxonalarning moddiy-texnika bazasini mavsumga tayyorlash ishlari ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 575-son qarorida yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan “Tijorat vakillari”ning g‘alla qabul qilish mavsumiga moddiy-texnika bazasini tayyorgarligi o‘rganib chiqildi.
Bugungi kun holatiga donni qabul qiluvchi korxonalar va shoxobchalardagi mavjud 168,9 ming tonna don saqlash sig‘imlari, 44,0 ming tonna donni saqlashga rejalashtirilgan ayvonlar, 146,3 ming kvadrat asfalt maydonlar, mavjud 20 ta laboratoriyalar, 3 ta urug‘lik sexlari, 2 ta avtoag‘dargichlar, 20 ta avtomobil va vagon tarozilari, 55 ta ko‘chma uzatuvchi transportyorlar mavsumga tayyorlangan.
Shuningdek, avtomobil tarozilari va laboratoriyalarning sinov jihozlari qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilib sertifikatlar olingan hamda mavsumga qadar zararkunandalarga qarshi dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.
“Tijorat vakillari”ning joriy yil g‘alla hosilini qabul qilish mavsumiga moddiy-texnika bazasini tayyorgarligi bo‘yicha joylardagi “O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
J.Allanazarov,
“O‘zagroinspeksiya” ning Buxoro viloyati boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i