Ру Ўз O`z En

SAMARQAND VILOYATIDA 2025-YIL G‘ALLA HOSILINI QABUL QILUVCHI KORXONALAR  QABUL MAVSUMIGA TAYYOR

26 May 2025 550

Samarqand viloyati hududida 2025-yilgi g‘alla hosilini qabul qilish bo‘yicha jami 24 ta don qabul qilish maskanlari faoliyat yuritadi. Ushbu maskanlar orqali jami 228,0 ming tonna don, shundan 18,5 ming tonnasi urug‘lik don sifatida, yig‘ishtirib olinishi rejalashtirilgan.

 

Don qabul qiluvchi korxonalar tomonidan mavsumga tayyorgarlik ishlari belgilangan tartibda to‘liq yakunlangan.

Xususan:

Elevatorlar, yopiq omborlar va asfalt qoplamali ochiq maydonlarda zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan;

Ombor va maydonlarda to‘liq dezinfeksiyalash ishlari bajarilib, sanitariya talablari asosida mavsumga tayyor holatga keltirilgan;

Tahlilxonalarda mavjud barcha o‘lchov vositalari davlat qiyoslovidan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan;

Yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha zaruriy choralar ko‘rilgan. Shuningdek, barcha don qabul qilish shoxobchalarida o‘rnatilgan tarozilarni “Hosil qabuli” axborot tizimiga ulash bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirilgan. Tarozixonalar onlayn tizimga ulanishi uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar bilan to‘liq jihozlangan.

Mazkur tayyorgarlik ishlari 2025-yilgi g‘alla hosilini sifatli va tizimli ravishda qabul qilish imkonini yaratadi.

Don va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni foydalanishini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i - N.To‘xtamishov

Text to speech