Mamlakatimizda agrar soha tubdan isloh qilinib, uning tarkibiy tuzilishi zamon talablari darajasiga keltirilgani, g‘alla maydonlari kengaytirilib, don ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi, shuningdek, bug‘doy yetishtirish, uni nobud qilmay yig‘ishtirib olish hamda sifatli saqlash, qolaversa, chuqur qayta ishlash bo‘yicha mukammal mexanizm yaratilgani o‘z samarasini berdi.
O‘zbekiston tarixan juda qisqa davr ichida g‘alla mustaqilligini qo‘lga kiritib, don va non mahsulotlari import qiluvchidan eksport qiluvchi davlatga aylandi.
Joriy yilda viloyatda 248 nafar fermer xo‘jaliklar va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlarining 7988 gektar yer maydonlarida 18 250 tonna urug‘lik don jamg‘arish rejalashtirilgan bo‘lib, viloyat va tuman aprobatsiya ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan aprobatsiya jarayonlarida 92 ta fermer xo‘jaliklarining 1978 gektar maydoni begona o‘t va nav aralashmasi yuqori bo‘lganligi sababli yaroqsiz deb topilgan bo‘lsada, qolgan 6010 gektar maydondan Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan fermer xo‘jaliklariing o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlarni sifatli o‘tkazilishi yuzasidan muntazam ravishda nazorat o‘rnatilishi natijasida viloyatda urug‘lik don 18 700 tonnaga jamg‘arilib, reja ko‘rsatkichini 102,5 foizga bajarilishiga erishildi.
Sirdaryo viloyatida 2023-yil g‘alla mavsumi davomida “O‘zdonmahsulot” AK tizimiga qiruvchi 2 ta don korxonalari (Xovosdonmahsulotlari, Oqoltindonmahsulotlari) va ularga qarashli don qabul qilish shaxobchalarda tumanlarda yetishtirilgan tovar don qabul qilish belgilanib, mavsumni uzluksiz, qisqa fursatlarda yakunlash maqsadida dislokatsiyalar ishlab chiqildi.
Viloyatda mavjud 2 ta don korxonalari va ularga qarashli 5 ta shoxobchalariga 2023-yil g‘alla hosilidan jami 173 ming 68 tonna tovar don qabul qilinishi belgilangan bo‘lib, shundan 99 ming
318 tonnasi jamg‘arma hisobiga, 73 ming 750 tonna vaqtinchalik saqlashga qabul qilinishi rejalashtirildi.
2023-yil g‘alla qabul qilish mavsumida jamg‘arma hisobiga 103 ming 172 tonna yoki rejaga nisbatan 108,4% ga, vaqtinchalik saqlashga yesa 80 ming 125 tonna yoki rejaga nisbatan 108.6% ga bajarildi.
Bundan tashqari, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan
2023-yil paxta yig‘im-terimi ishlarida qatnashadigan transport traktorlari, tirkamalar, shuningdek, defoliatsiya ishlarida qatnashadigan purkagichlarni mavsumga tayyorlash ishlari alohida nazoratga olingan.
Paxta yig‘im-terim mavsumida qatnashadigan 1365 ta traktor tirkamalar mavjud bo‘lib, shundan 1280 tasi taʼmirlash maskaniga yig‘ilib, 1057 tasi yoki 77 foizi taʼmirdan chiqarilgan.
Shu bilan birga, defoliatsiya ishlarida qatnashadigan mavjud 242 ta purkagichlardan barchasi taʼmirlash maskanlariga yig‘ilib, 224 tasi
93 foizi taʼmirdan chiqarilishi taʼminlangan.
Paxta yig‘im-terimi mavsumida qatnashadigan 160 paxta terish mashinalarining 158 tasi yig‘ilgan bo‘lib, shundan 130 dona “Keys” rusumli, 24 dona “Jon Dir” va 4 tasi “MX-1,8” rusumli paxta terish mashinalarini tashkil etib, shundan 49 tasi soz holatda, qolgan texnikalar bo‘yicha taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Viloyatda hozirgi kunda 732 ta qoramolchilik fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyat yuritib, ularda 35,1 ming bosh qoramol, shundan 15, ming bosh sigir, 41,8 bosh qo‘y-echki hamda 2,9 ming bosh ot va tuyalar parvarishlanmoqda.
Mazkur xo‘jaliklarning 37 tasi naslchilik maqomiga ega bo‘lib, ularda
9,2 ming bosh qora-ola va qizil-ola golshtin, simmental, qizil cho‘l, shvis hamda bushuyev zotli naslli qoramollar mavjud.
Guliston tumanidagi “Nurli bo‘ston fayzi” fermer xo‘jaligi
2015-yilda tashkil qilingan bo‘lib, xo‘jalikka 2019-yilda Ukraina davlatidan 66 bosh simmental zotli sut-go‘sht yo‘nalishidagi naslli qoramollar olib kelingan.
xozirgi kunda, xo‘jalikdagi naslli mollar bosh soni 140 boshni, shundan sigirlar 80 boshni tashkil qilmoqda. Xo‘jalikda barcha sigirlardan kuniga 650 litr sut sog‘ib olinib, Toshkent shahridagi isteʼmolchilarga yetkazib berilmoqda.
Xo‘jalikka 77 gektar ozuqa maydoni ajratilgan bo‘lib, ushbu maydonlarga beda, makkajo‘xori va takroriy ekinlar ekilib, xar yili chorva uchun mustahkam ozuqa bazasi yaratilib kelinmoqda.
Davlatimiz tomondan naslchilik subyektlarini rivojlantirish va xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun qaror bilan ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan.
“Nurli bo‘ston fayzi” fermer xo‘jaligida sunʼiy urug‘lantirish, naslchilik ishlari ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, soxa mutaxassislari faoliyat yuritib keladi. Natijada sigirlardan yiliga xar 100 boshiga
84-86 boshdan buzoq va 2800-3000 kg sut sog‘ib olinmoqda.
Xususan, agroinspeksiya xodimlari tomonidan “Nurli bo‘ston fayzi” fermer xo‘jaligiga xam o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida naslchilik - seleksiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va hujjatlashtirish, ozuqa ekinlarini parvarishlash hamda ratsion tuzishda tavsiya va takliflar berilmoqda, yetishtirgan mahsulotlariga subsidiya mablag‘lari olishda amaliy yordamlar berilmoqda.