Ру Ўз O`z En

#press_tadbir #Qashqadaryo #Live

19 May 2025 108

Ayni damda, O‘zagroinspeksiya  va Inspeksiyaning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida  Koson tumanida press- tur tashkillashtirildi.Unda mahalliy va markaziy OAV vakillari va blogerlar ishtirok etmoqda.

Bugungi Press-tur mavzusi  G‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi va ushbu mavsum oldidan "O‘zagroinspeksiya" xodimlari oldida turgan vazifalar mavzusida bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida 2025-yil g‘alla hosili uchun 6 ming 850 nafar fermer xo‘jaliklari tomonidan 133 ming 600 gektar maydonda boshoqli don yetishtirilmoqda. Ushbu maydonlardan 334 ming tonna boshoqli don topshirish belgilangan.

Shundan 304 ming 433 tonna tovar don, 29 ming 567 tonnasi urug‘lik donni tashkil qiladi. Mazkur maydondagi hosilni o‘rib-yig‘ib olish uchun 152 ta o‘rim otryadlari tashkil  etilib, tarkibiga 120 ta "Keys" va "N’yu-Xolland", 126 ta" Klaas", 48 ta "Vektor-410" va 8 dona  "Jondeyer" rusumli jami 302 ta g‘alla o‘rish kombaynlari ta’mirlanib,  mavsumga shaylandi.

Text to speech