Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligi sohasiga doir Hukumat topshiriqlari ijrosi “O‘zagroinspeksiya” nazoratida

12 Oktyabr 2021 2065

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 2 - yanvardagiNamangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4941-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 - yil 28 - yanvardagi 03/1-43-sonli reja-jadvali tasdiqlangan.

Mazkur reja-jadvalda belgilab berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan  “O‘zagroinspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi va Namangan viloyati boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan nazoratga olingan.

O‘rganishga ko‘ra, “O‘zagroinspeksiyaning Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan reja-jadvalda belgilab berilgan vazifalarni viloyatda reja-jadvaldagi topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyat hokimining 2021 - yil 25 - yanvardagi 52-sonli qarori qabul qilinganligi aniqlandi.

Shuningdek, Kosonsoy tumanida qaror va reja jadvalida keltirilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Kosonsoy tuman hokimining 2021 - yil 28 - yanvardagi 168-sonli qarori qabul qilinib, 4 ta loyiha tashabbuskoriga 510 gektar bog‘ barpo etish va 250 uzumzor tashkil etish uchun yer maydoni ajratib berilganligi maʼlum bo‘ldi.

Bundan tashqari, 2021 - yilda g‘alladan 2413 gektar maydon qisqartirilib, uning o‘rnida 463 gektar intensiv bog‘, 250 gektar tokzor, 550 gektar sabzavot, 250 gektar kartoshka, 550 gektar dukkakli va 350 gektar moyli ekinlar joylashtirilib, talab etiladigan moddiy resurslar bazalari yaratilgan.

Tumanda yangi tashkil etilishi belgilangan 830 gektar maydonlar uchun 8 ta loyiha tashabbuskorlari M.Mirzayev nomidagi ITI bilan 619 ming dona mevali daraxt ko‘chatlari yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolagan.

Biroq, intensiv bog‘lar va tokzorlar barpo etiladigan tashabbuskorlarga tijorat banklari tomonidan uch yil to‘lovsiz va 7 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar mablag‘lari ajratib berilgan bo‘lsada, 15 nafar subyekt tomonidan 830 gektar maydonga yangi intensiv bog‘lar barpo etish uchun M.Mirzayev nomidagi BUVITI Namangan ITS dan ko‘chat olib, intensiv bog‘-tok barpo qilish belgilab berilgan bo‘lsada, belgilangan rejadagi yangi bog‘larni barpo etish uchun talab etiladigan ko‘chatlarni sotib olish uchun ko‘chatchilikka ixtisoslashgan korxonalardan emas balki, bog‘ barpo etuvchi subyektlarning o‘zlari yetishtirgan mahalliy ko‘chatlardan ekib yuborilganligi aniqlandi.

Ushbu aniqlangan kamchiliklar yuzasidan, sentyabr oyida tuman hokimiga 1 ta taqdimnoma hamda 8 nafar bog‘ egalariga O‘zbekiston Respublikasining MJtK 212-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanildi.

Chortoq tumanida 2021 - yil 25 - yanvarda 52-sonli tuman hokimining qarori qabul qilingan hamda 5 ta loyiha tashabbuskoriga 257 gektar va 12 ta kooperatsiyalarga 1596 gektar maydonlari ajratib berilgan.

Tumanda 2021-2022 - yillarda g‘alla maydonidan jami 2100 gektar qisqartirilgan bo‘lib, 400 gektar intensiv bog‘, 150 gektar tokzorlar barpo etish hamda 350 gektar sabzavot, 201 gektar kartoshka, 600 gektar dukkakli va 400 gektar moyli ekinlar ekish belgilab berilgan.

Biroq, X.Olimjon agrofirmasi hududidan 150 gektar intensiv bog‘  va tokzorlar barpo qilish ishlari nihoyasiga yetkazilmagan.

Peshqo‘rg‘on saxovati sohibi” kooperatsiyasiga 220 gektar intensiv bog‘ barpo etish rejalashtirilgan bo‘lsada, 51 gektar maydonda ko‘chatlar ekilmaganligi aniqlangan.

Joriy yilning sentyabr oyida yangi intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo qilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tuman hokimligiga 1 ta taqdimnoma, tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga 1 ta yozma ko‘rsatma va 4 nafar bog‘ egalariga O‘zbekiston Respublikasining MJtKning 212-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy javobgarlik belgilangan.

Yangiqo‘rg‘on tumanida, tuman hokimining 2021 - yil 26 - yanvarda №46-sonli qarori qabul qilingan va qarorning 1-ilovasiga muvofiq 3120 gektar g‘alla maydonidan qisqartirilib, shundan 600 gektar intensiv bog‘, 700 gektar tok, 540 gektar sabzavot, 510 gektar kartoshka, 360 gektar dukkakli va 410 gektar moyli ekinlar tashkil etish belgilangan bo‘lib, 2021 - yil rejasiga ko‘ra 330 gektar intensiv bog‘, 265 gektar tokzor barpo etilganligi maʼlum bo‘ldi.

Biroq, yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etishda intensiv ko‘chatlar ekish kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsada, bir qator xo‘jalik subyektlari tomonidan mahalliy yetishtirilgan sertifikatlanmagan, nav va avlodiga mansubligi noaniq hamda hosildorligi kafolatlanmagan mevali daraxt va tok ko‘chatlari ekilganligi aniqlangan.

Inspeksiyaning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan yangi intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo qilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga 2021 - yil 5 - oktyabrda №10.3/10.3-21-714 sonli taqdimnoma, 2021 - yil 6 - oktyabrda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga №10.3/10.3-21-718-sonli yozma ko‘rsatma, hamda 11 - oktyabr kuni 1 nafar bog‘ barpo etgan xo‘jalik subyekti egasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 212-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rildi..

 

Z. Ismatov, “O‘zagroinspeksiya” katta inspektori 

Text to speech