Ру Ўз O`z En

QONUNBUZILISh HOLATLARIGA YO‘L QO‘YMASLIK UChUN 2855 NAFAR ShAXS OGOHLANTIRILDI

23 Oktyabr 2020 1986

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 328 nafar shaxslarga yozma ko‘rsatmalar berilib, 160 ta holatda taqdimnomalar kiritilgan va 2855 nafar shaxslarga kelgusida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirishlar berilgan. Sudlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarliklarning 108 tasi tadbirkorlar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Aniqlangan huquqbuzarliklarning 218 tasi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish, 25 tasi paxta xom ashyosi, don, urug‘lari va ularni qayta ishlashdan olingan maxsulotlardan foydalanish, 56 tasi agrotexnik tadbirlarni o‘tkazilishini nazorat qilish, 703 tasi texnikalarni nazorat qilish, 34 tasi chorvachilikda naslchilik ishlarini nazorat qilish, 650 tasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanish ustidan nazorat qilish, 460 tasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish ustidan nazorat qilish, 10 tasi me’yoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish sertifikatlash va metrologiya sohasidagi huquqbuzarliklarni tashkil etadi.

Joriy yilning iyun oyida Inspeksiyaning Uychi tuman bo‘limi tomonidan tumandagi Kamolot (nomi o‘zgartirilgan) fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan monitoringda fermer xo‘jaligi rahbari M.K tuman xokimining tegishli buyrug‘i bilan o‘ziga ajratib berilgan yer maydonining 94-konturida joylashgan 17 ga. g‘o‘za maydoniga sug‘orish maqsadida suv ochib, 0.15 ga maydonini qarovsiz qoldirishi oqibatida ko‘llatib yuborib, suvdan xo‘jasizlarcha foydalanayotganligi aniqlangan.

Xuddi shuningdek, joriy yilning mart oyida Inspeksiyaning Norin tuman bo‘limi tomonidan tumandagi Muzaffar (nomi o‘zgartirilgan) fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan monitoringda fermer xo‘jaligi rahbari K.G‘ tuman xokimining tegishli buyrug‘i bilan o‘ziga ajratib berilgan 78.20 ga yor maydonining 156-konturida joylashgan 0.10 ga. qismiga paxta va g‘alla ekmasdan, o‘zboshimchalik bilan yerdan ochiq maydon sifatida terak va takroriy ekinlarni ekib, maqsadsiz foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan har ikkala fermer xo‘jaligi rahbarlariga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar sud muhokamasida mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun tuman ma’muriy sudlariga yuborilgan.

Ayni kunlarda kelgusi yil uchun puxta zamin hozirlash dolzarb vazifalardan biridir. Namangan viloyatida ham 2021 yil uchun 67 ming 750 gektar maydonga boshoqli don ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda mazkur muhim agrotexnik tadbir o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil                               8  sentabrdagi “2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 546-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida "O‘zagroinspeksiya" ning Namangan viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilayotgan monitoring tadbirlari davomida ushbu muhim jarayonni amalga oshirishda ayrim qonunbuzilish holatlari ham aniqlanmoqda.

Jumladan, joriy yilning 22 oktabr kuniga qadar qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun 1409 nafar shaxslar ogohlantirilgan bo‘lib, 59 ta mutasaddi tashkilotlarga qonun buzilishlarini oldini olish bo‘yicha  taqdimnomalar kiritildi.

 Bundan tashqari, qaror talablarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida 951 nafar shaxslarga tegishli tartibda ko‘rsatmalar berilishi ta’minlandi.

 

Shuningdek, belgilangan muddatlarda ekilishi va agrotexnik tadbirlar sifatli amalga oshirilishi yuzasidan Inspeksiya xodimlari tomonidan ogohlantirishlar berilganligiga qaramasdan 97 nafar shaxslar mazkur qaror talablari buzganligi uchun MjTK ning tegishli moddalari bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi.

 

В.Quranov, Inspeksiyaning Namangan viloyat boshqarmasi ma’muriy amaliyot bo‘limi bosh inspektori

Text to speech