Ру Ўз O`z En

TAVSIYA QILAMIZ: Quyosh panellarini o‘rnatganlik uchun beriladigan imtiyozlar

2 Noyabr 2023 5543

2023 yil 1 apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kilo Vatgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘i hamda yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini to‘lashdan uch yil muddatga ozod etilgan.

O‘zbekiston tarixida birinchi marta aholi xonadonida o‘rnatilgan quyosh panellari yordamida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat tomonidan sotib olish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yildi bunda aholi va tashkilotlarning o‘zidan  ortgan elektr energiyasini elektr ta’minoti korxonasi oshirilgan narxda xarid qiladi.  Bunda jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday soliq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.

Hamda yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida Davlat byudjetidan MING so‘mdan subsidiya ajratiladi. Subsidiya to‘lovlari jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi. Subsidiya soliq organlari tomonidan har oyda «Soliq» mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi. Demak, Quyosh panellari 4-5 yilda sarflangan xarajatlarni oqlaydi.

Quyosh panellaridan foydalanilganda atrof-muhitga hech qanday zararli gazlar chiqmaydi elektr energiyasi tekinga olinadi. Bunday qurilmalar binolarning tom qismi hamda bo‘sh yer maydonlarga o‘rnatilganligi bois ishlash jarayonida hech qanday shovqin bo‘lmaydi. Zamonaviy vositalar xonadonni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Mazkur qurilmalar maxsus sinov laboratoriyalar tekshiruvidan o‘tkazilgan holda o‘rnatilishi sababli o‘rtacha 20-25 yil davomida xizmat ko‘rsatadi va o‘rnatish juda oson.

Serquyosh o‘lkada yashaymiz, shuni hisobga olib, tabiatning ushbu ne’matidan qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishda unumli foydalanishimiz kerak. Yashil energetikaning taraqqiy etishi bugungi sharoitda mamlakat energetika tizimiga tushayotgan ulkan yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.

Text to speech