Ру Ўз O`z En

SAMARQAND: viloyat bo‘yicha 20 ming tonna sara urug‘lik don jamg‘ariladi

20 Iyun 2023 2599


Samarqand viloyat tumanlarida ham pishib yetilgan donni o‘rib-yig‘ib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Mavsum oldidan “O‘zagroinspeksiya” Samarqand viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan urug‘lik g‘alla maydonlarida sara urug‘ jamg‘arish maqsadida dala aprobatsiya ko‘riklari doimiy nazoratga olingan.

Viloyat tumanlarida bugungi kunda 360 ta urug‘lik g‘alla yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari va fermer xo‘jaliklarning 10 ming 843 gektar maydonida kelgusi yil hosili uchun urug‘lik g‘alla ekilib, parvarish qilindi.

"Urug‘chilik to‘g‘risida"gi Qonun hamda qonunosti hujjatlari asosida urug‘lik g‘alla maydonlarini ajralishi qiyin bo‘lgan madaniy va begona o‘tlardan va begona nav aralashmalaridan tozalanishi, talabga javob bermaydigan maydonlarning yaroqsizga chiqarilishi boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan monitoringlar olib borilgan.

Qishloq xO‘jaligi vazirligining urug‘lik don olish uchun ekilgan dala maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, viloyatda aprobatsiya ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, bu borada ham xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini shaffof tarzda o‘tkazilishi yuzasidan barcha tuman aprobatorlari rasman ogohlantirilgan.

Jumladan, viloyatda g‘alla urug‘lik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan xo‘jaliklarga amaliy yordam berish maqsadida, joylarga borib, «Urug‘chilik to‘g‘risida»gi Qonuni, Hukumatning 2021-yil 12-oktyabrdagi 641-sonli qarori hamda boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya etish yuzasidan seminarlar tashkil etilib, profilaktika tadbirlari o‘tkazilgan.

Natijada o‘tgan 2022-yilning shu davriga nisbatan qonunbuzilishi holatlari kamaydi.

Aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazishdan maqsad, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik jihatidan tozaligi, zararkunandalar bilan zararlangan-zararlanmaganligi, kasalliklarga chalingan-chalinmaganligi hamda ekishga mo‘ljallangan urug‘likning umumiy holatini aniqlashdan iborat.

Shu bois mazkur jarayonga jiddiy yondashilib, aprobatsiyani sifatli va samarali o‘tkazishga eʼtibor qaratildi.

Aprobatsiya ko‘rigi davomida urug‘lik don ekkan 360 nafar fermer xo‘jalik rahbarlariga rasman ogohlantirish xatlari berildi.

O‘tkazilgan tadbirning yakuniy natijasiga ko‘ra, jami 355 ta fermer xo‘jaliklarning 8 ming 125 gektar yer maydoni yaroqli deb topilib, natijada 20 ming tonna sara urug‘lik don qabul qilinishi rejalashtirildi.

Yaroqli deb topilgan maydonlar tumanlar kesimida tahlil qilganda, Jomboyda 469 gektar, Ishtixonda 1 ming 608 gektar, Kattaqo‘rg‘onda 1 ming 45 gektar, Narpayda 693 gektar, Oqdaryoda 905 gektar, Pastdarg‘omda 1 ming 315 gektar, Paxtachida 1 ming 20 gektar, Payariqda 793 gektar va Urgut tumanida 277 gektarni tashkil qiladi.

Shuningdek, 276 ta fermer xo‘jaliklarning 2 ming 167 gektar urug‘lik uchun ekkan maydonlari agrotexnik tadbirlarni, begona nav va ajralishi qiyin bo‘lgan begona o‘tlardan tozalash ishlarini o‘z vaqtida sifatli bajarmaganligi sababli, yaroqsiz deb topildi.

X. Nurbekov, “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi shoʻba boshlig‘i

 

Text to speech