Prezidentning 2020-yil 17-yanvardagi “Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, viloyatda tutzorlarni kengaytirish, tutchilikda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash hamda agrotexnika tadbirlarini samarali o‘tkazilishini rag‘batlantirish, pillachilik tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlarni yana-da chuqurlashtirish kabi muhim vazifalar belgilab berilgan.
Shuningdek, viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan topshiriqda pilla xom ashyosini yetishtirish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar bilan pillani qayta ishlash korxonalari o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va ushbu shartnomalarni tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish, mavsum davomida har bir fermer xo‘jaligi va kasanachilarga tegishli bo‘lgan tut daraxlari va tutzorlarni agrotexnika qoidalariga rioya qilgan holda ishlov berish va tut barglaridan unumli foydalanish kabi vazifalar belgilab berilgan.
Shunga ko‘ra, mazkur qaror va viloyat hokimining yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosi “O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, bugungi kunda viloyatdagi 11 ta pillani qayta ishlash korxonalari tomonidan fermer xo‘jaliklari va kasanachilar o‘rtasida shartnomalarning to‘liq imzolanishi taʼminlandi hamda 3 ming 325 tonna pilla yetishtirish topshirig‘ini bajarish maqsadida, 54 ming 284 ta zvenoga 57 ming 329 quti ipak qurti urug‘i tarqatildi.
Bugungi kuda viloyatda yetishtirilgan pilla xom ashyosini qabul qilish ishlari boshlangan boʼlib, viloyatda birinchilardan boʼlib Oqdaryo tumani 1-sektoriga qarashli “Qahramon” MMTP hududida faoliyat yuritayotgan “Pichoqchi klaster” fermer xoʼjaligi tomonidan 580 kilogramm pilla xom ashyosi yetishtirilib, belgilangan reja 102,7 foizga bajarildi.
"O'zagroinspeksiya" Samarqand viloyati boshqarmasi