Ру Ўз O`z En

Samarqand: 2024-yil hosilidan urug‘lik don yetishtirish ishlari nazoratga olingan

15 May 2024 644

“Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilangan Urug‘lik uchun ekilgan g‘alla maydonlarida navlarning navdorligini aniqlash uchun urug‘lik dalalarni aprobatsiyaga tayyorlash, begona nav, tur hillaridan hamda begona o‘tlardan tozalash ishlarini amalga oshirilishi Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Viloyat tumanlarida mavjud 262 ta subyektlar tomonidan 8 ming 459 gektar maydonlarda urug‘lik g‘alla parvarish qilinmoqda. Bugungi kunda jami 973 gektar maydonlar- begona o‘t bosganligi, ikkinchi yil g‘alla o‘rniga ekilganligi va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli yaroqsizga chiqarilib, hozirda, qolgan 7 ming 486 gektar maydonlar hisobiga 18 ming 581 tonna yuqori avlodli urug‘lik don jamg‘arish rejalashtirilmoqda.

Jumladan; 531 gektariga (7 foiz) “2-yil ko‘paytirish ko‘chatzori”, 6 ming 143 gektariga (82 foiz) “Super elita” va 812 gektariga (11 foiz) “Elita” avlodli urug‘liklar ekilgan maydonlarini tashkil qiladi.

Shundan 155 ta subyektning 4 ming 45 gektar maydoniga kuzgi yumshoq bug‘doyning 13 ta xorijiy navlari, 107 ta subyektning 3 ming 441 gektar maydonlariga 10 ta mahalliy navlar ekilgan.

Bundan tashqari, viloyat tumanlarida 9 ta urug‘lik donni qabul qilish, saqlash, saralash va dorilash sexlari mavjud bo‘lib, ushbu sexlarni mavsumga tayyorlash, nav va avlodlar bo‘yicha alohida qabul qilish maydonchalari taʼmirlash hamda dezinfeksiya qilish, tarozilarni onlayn dasturiga ulash ishlari to‘liq bajarilishi boshqarma tomonidan nazoratga olingan.

X.Nurbekov, Inspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i

Text to speech