Ру Ўз O`z En

Samarqandda mavsumoldi "Arbitraj guruhi" vazifalari tushuntirildi

15 Sentyabr 2022 1520

"O‘zagroinspeksiya" faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga asosan, Inspeksiyaning hududiy boshqarma va tumanlar bo‘limlari zimmasiga paxta xom-ashyosi va undan qayta ishlangan mahsulotlarni qabul qiluvchi, saqlovchi va ishlovchi korxonalarning texnik holati yuzasidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

Bugungi kunda viloyatda mavjud 11 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tizimidagi 29 ta paxta qabul qilish maskanlarida joriy va kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, paxta qabul qilish maskanlari shay holatga keltirildi. Shuningdek, paxta yig‘im-terimi uchun zaruriy inventarlar brezent, terim etagi, avto yopqichlar va urug‘lik paxta uchun qanor qoplar zaxirasi yaratildi.

Shuningdek, Inspeksiya boshlig‘ining 2022 yil 31-avgustdagi I-70-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga paxta mahsuloti yetishtirish bo‘yicha tuzilgan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishida, ishonchli hisobotlar yuritilishida hamda miqdori va sifati bo‘yicha qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishining oldini olishda amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek o‘zaro nizolarni joyida hal etish yuzasidan Pastdarg‘om tumanidagi faoliyat yuritayotgan “Samarqand Kamalak invest tekstil” MCHJga qarashli “korxona qoshi” paxta qabul qilish maskanida amaliy o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Seminarda paxtachilik tarmog‘ida faoliyat yuritib kelayotgan mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari, klaster korxonalari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, paxta qabul qilish maskanlari mutaxassislari, “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari boshliqlari hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi”DUK viloyat filiali rahbari va mutaxassislari ishtirok etishdi

Seminarni “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i D.Achilov ochib berib, paxtachilik tarmog‘ida amalga oshirilayotgan bozor mexanizmlarini joriy qilish, paxta yetishtiruvchi fermerlarni o‘z mehnati natijalariga to‘liq egalik qilgan holda, tadbirkor sifatida iqtisodiy erkin faoliyat yuritishlari uchun keng sharoitni yaratish bilan bog‘liq islohotlar, shuningdek, Prezidentning 2020 yilning 6 martdagi “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4633-sonli qaroriga muvofiq, paxta xom-ashyosini yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilinishi sohada amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida qisqacha maʼruza qildi.

Shundan so‘ng, “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi bosh inspektori B.Raxmonov so‘zga chiqib, paxta yig‘im-terimi muhim agrotexnik tadbir hisoblanganligi sababli hukumat topshirig‘iga asosan Inspeksiya boshlig‘ining 2022 yil 31-avgustdagi I-70-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator qishloq xo‘jaligiga aloqador bo‘lgan tashkilotlar bilan hamkorlikda, paxta yetishtiruvchi tumanlarda, paxta xom-ashyosini topshiruvchi va qabul qiluvchi xo‘jaliklar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli masalalarni joyida hal etish bo‘yicha tashkil etilgan “Arbitraj” guruhlarining vazifalari haqida gapirib o‘tdi.

Seminar qatnashchilariga “O‘zagroinspeksiyaning 2022 yil paxta hosilini qabul qilish mavsumida paxta xom-ashyosining sifat ko‘rsatkichlarni aniqlash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar tarqatildi.

A. Xudoyorov, Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi matbuot xizmati bosh inspektori

Text to speech