Ру Ўз O`z En

SIRDARYO VILOYATIDA URUG‘LIK DON YETISHTIRISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

15 May 2025 59

Boyovut tumanida joylashgan “Xasanboy-Husanboy" fermer xo‘jaligi dala maydonida urug‘lik g‘alla yetishtirilayotgan maydonlarni aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazish yuzasidan amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda sohaga aloqador tashkilot rahbarlari, “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i, tuman bo‘limi boshliqlari va mutaxassislari, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM viloyat rahbarlari va ularning tumanlardagi vakillari, Elita urug‘chilik xo‘jaliklari  boshliqlari va urug‘chilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari, paxta-to‘qimachilik klasterlari vakillari hamda viloyat va tumanlardan aprobatsiya o‘tkazish uchun tuzilgan komissiya a’zolari ishtirok etishdi. 

Unda so‘zga chiqqanlar urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini to‘g‘ri o‘tkazish, urug‘lik g‘alla yetishtirish va qayta ishlash mavsumida sohaga aloqador xodimlarning standart talablariga qat’iy rioya qilishlari lozimligini ta’kidladi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Sh.Mavlonov,

“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i

Text to speech