Ру Ўз O`z En

Surxondaryo: qishloq xo‘jaligi yerlariga yetkazilgan zarar 730 million so‘mni tashkil etmoqda

21 Fevral 2024 1979

O‘zagroinspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish yuzasidan nazorat tadbirlarni olib bormoqda.

Jumladan, 2024-yilda viloyat bo‘yicha 55 ta holatda 0.71 gektar yer maydonida o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jami 730 mln 170 ming so‘m miqdorida yetkazilgan zarar hisoblanib, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlariga 3 ta xulosalar berilgan va 1 ta holatda yetkazilgan zararni ixtiyoriy qoplash yuzasidan ogohlantirish xati chiqarilgan.

Xususan, Angor tumani “Zang” massivi “Zartepa” mahallasida yashovchi fuqaro B. s. tomonidan 0.002 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, beton poydevor qurganligi holati aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha yetkazilgan zararni ixtiyoriy qoplash yuzasidan ogohlantirish xati chiqarilib, yer maydonida qurilgan beton poydevor fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda buzdirilgan.

Shuningdek: Surxondaryo viloyati Termiz, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlarida faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan yer maydonlarida samarali va maqsadli foydalanishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman hokimliklariga jami 3 ta taqdimnoma va 2 T yozma ko‘rsatmalar berildi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yerlardan oqilona va samarali foydalanishda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilishi yuzasidan jami 10 ta holatlarda yuridik va jismoniy shaxslardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlar belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etgan holda ijobiy hal etildi hamda zarur tushuntirishlar berildi.

Bugungi kunda yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari davom etmoqda.

"O‘zagroinspeksiya" Surxondaryo viloyat boshqarmasi

Text to speech