Maʼlumki, suvga doir munosabatlar “Suv va suvdan foydalanish toʼgʼrisida”gi Qonun hamda unga muvofiq chiqariladigan suv toʼgʼrisidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi 82-sonli qarori bilan “Oʼzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom tasdiqlangan boʼlib, joylarda qishloq xoʼjaligi maqsadlari uchun amalga oshirilayotgan suvga doir munosabatlarda mazkur tartib talablariga rioya etilayotganligi “Oʼzagroinspektsiya”ning hududiy boshqarmalari va tuman boʼlimlari tomonidan oʼrganilib kelinmoqda.
2020 yilning noyabrь oyida “Oʼzagroinspektsiya” va uning quyi tuzilmalari tomonidan joylarda belgilangan tartibda oʼtkazilgan oʼrganishlarda jami 6606 ta holatda kamchiliklarga yoʼl qoʼyilganligi aniqlandi:
Xususan, Suv xoʼjaligi tizim tashkilotlari hisobida boʼlgan irrigatsiya tizimlarida 880 ta suv olish joylaridagi suvni boshqarish vositalari, 569 ta suv olish joylaridagi suv oʼlchash vositalari nosozligi, 296 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmaganligi hamda 440 ta suv olish joylarida jurnallar xatoliklar bilan yuritilganligi aniqlandi.
Misol uchun, Qamashi tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Oʼng qirgʼoq” kanalining “Tarmoq-2”, Muborak tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “UR-9” kanalining “Omad Olam Orzusi”, Nishon tumani irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “R-10” kanalining “Nishon istiqboli”, Toshrabot-Oʼrtachoʼl irrigatsiya tizimi boshqarmasi hisobidagi “Yangi ariq” kanalining “Uoba”, “Аbumuslim” kanalining “Xusharti”, Mingbuloq tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Zardaryo” kanalining “Xojiboy”, Zardaryo irrigatsiya tizim boshqarmasi hisobidagi “Namangan taqsimlagich” kanalining “X-1-2”, ”X-5”, ”X-5-1”, Oqdaryo tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Yangi Chorjuy” kanalining “Beshlik”, Urgut tumani irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Navruz” kanalining “Gulobod”, Payariq tumani irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Qora ariq” kanalining “Miroshim-1”, “Xasan”, Kattaqoʼrgʼon tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Saroy-2”, Guliston tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Аxmad” kanalining “PK-33-00”, “PK-36+00”, Boʼka tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “RB-2” kanalining “PK-00”, “Gijgen” kanalining “PK-352+00” suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan.
Shuningdek, Namangan viloyati nasos stantsiya va energetika boshqarmasi hisobidagi Mingbuloq tumanida joylashgan “Mingbuloq” va “Guliston”, Samarqand viloyat nasos stantsiya va energetika boshqarmasi hisobidagi Urgut tumanida joylashgan “Dargʼom-1”, Taxiatosh tumani irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Keneges” kanalining “PK-34+00”, Qumqoʼrgʼon tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “MK-1.1” kanalining "Truba-22-Temur", "Quloq-3R-3", "Truba-4-Rashid" va "Truba-2", Toshloq tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Zarken” kanalining “Ramadon”, “Xoʼjaariq” “Xonariq” hamda “Qoratepa-2” suv olish joylarida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmagan.
Bundan tashqari, Suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xoʼjaliklari va klasterlar tomonidan ishlatilayotgan sugʼorish tarmoqlaridagi 1539 ta suv olish joylari suvni boshqarish, 1164 ta suv olish joylari suv oʼlchash vositalari bilan jihozlanmagan. 1126 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi yuritilmaganligi, 1142 ta holatda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari oʼrtasida suv isteʼmoli boʼyicha shartnomlar tuzilmaganligi aniqlandi.
Oʼrganishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan “Oʼzagroinspektsiya”ning quyi tuzilmalari tomonidan vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 954 ta (339,4 mln.soʼm) maʼmuriy, 1110 ta (1 mlrd. 110 mln.soʼm) jarima sanktsiyalar qoʼllanildi. 603 ta holat yuzasidan toʼplangan hujjatlar koʼrib chiqishlik uchun maʼmuriy sudlarga kiritilishi taʼminlandi.
Oʼz navbatida, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar koʼrish toʼgʼrisida 765 ta yozma koʼrsatma va taqdimnoma kiritildi.
Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir etilishini erta oldini olish maqsadida 3892 ta suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.
Bugungi kunda "Oʼzagroinspektsiya" tomonidan nazorat tadbirlari belgilangan tartibda oʼtkazilib kelinmoqda.
"Oʼzagroinspektsiya" Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan suv
resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi