“Oʼzagroinspektsiya” tomonidan suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanishi hamda suvning hisob-kitobi yuritilishi yuzasidan joylarda maqsadli oʼrganishlar oʼtkazildi.
Maʼlumki, suvga doir munosabatlar “Suv va suvdan foydalanish toʼgʼrisida”gi Qonun hamda unga muvofiq chiqariladigan suv toʼgʼrisidagi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi 82-sonli qarori bilan “Oʼzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom tasdiqlangan boʼlib, joylarda qishloq xoʼjaligi maqsadlari uchun amalga oshirilayotgan suvga doir munosabatlarda mazkur tartib talablariga rioya etilayotganligi “Oʼzagroinspektsiya”ning hududiy boshqarmalari va tuman boʼlimlari tomonidan oʼrganilib kelinmoqda.
Xususan, 2021 yilning mart oyida “Oʼzagroinspektsiya” va uning hududiy boʼlinmalari tomonidan joylarda belgilangan tartibda oʼtkazilgan oʼrganishlarda jami 4485 ta holatda kamchiliklarga yoʼl qoʼyilganligi aniqlandi.
Suv xoʼjaligi tizim tashkilotlari hisobida boʼlgan irrigatsiya tizimlarida 425 ta suv olish joylaridagi suvni boshqarish vositalari, 305 ta suv olish joylaridagi suv oʼlchash vositalari nosozligi, 204 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmaganligi hamda 295 ta suv olish joylarida jurnallar xatoliklar bilan yuritilganligi aniqlandi.
Misol uchun, “Zomin” irrigatsiya tizim boshqarmasi hisobidagi “R-2-4-b”, Uchqoʼrgʼon tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Uchqoʼrgʼon” kanalining “PK21+50”, Paxtachi tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Suvli” kanalining “LV-01-03”, Boyovut tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “PR-2” kanalining “PK-00-22”, Kasbi tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Xoʼjaxayron” kanalining “PK-42”, Oqqoʼrgʼon tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Margunenko” kanalining “PK12+25”, Buvayda tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Kartan” kanalining “Yangi ariq”, Karmana tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Chap Qirgʼoq” kanalining “Qoʼsh ariq”, Qoʼshkoʼpir tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Xonobod-1” kanalining “PK-1+00” suv olish joylari suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan.
Shuningdek, Vobkent tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Komi Kasaba” kanalining “Deydaroz”, Romitan tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Qoqishtuvon” kanalining “Piyozkor”, Jondor tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Joʼyzar” kanalining “Koʼliyon”, Pastdargʼom tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “R-6” kanalining “Kungaboqar”, “Narpay” irrigatsiya tizim boshqarmasi hisobidagi “Narpay” kanalining “71-А”, Kasbi tuman irrigatsiya boʼlimi hisobidagi “Xujayxayron” kanalining “PK-32” suv olish joylarida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmagan.
Bundan tashqari, Suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xoʼjaliklari va klasterlar tomonidan 1116 ta suv olish joylari suvni boshqarish, 836 ta suv olish joylari suv oʼlchash vositalari bilan jihozlanmagan. 559 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi yuritilmaganligi, 594 ta holatda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari oʼrtasida suv isteʼmoli boʼyicha shartnomlar tuzilmaganligi aniqlandi.
Misol uchun, Taxtakoʼpir tumanidagi “Janasbek sharua”, Аsaka tumanidagi “Аsaka boʼrdoqi chorva”, Аrnasoy tumanidagi “Аrnasoylik Shuxrat”, Uchqoʼrgʼon tumanidagi “Foziljon Fazliddin”, Norin tumanidagi “Tegirmonboshi”, Yangiqoʼrgʼon tumanidagi “Nodirbek”, Oqdaryo tumanidagi “Pichoqli Saidxon dalalari”, Payariq tumanidagi “Turkiston dala”, Denov tumanidagi “Feruzbek”, Yakkabogʼ tumanidagi “Yuldoshev Sardor Dilmurodovich”, Kasbi tumanidagi “Ekspres don”, Uchkoʼprik tumanidagi “Muhammadrasul Kamolat bogʼi”, Qiziltepa tumanidagi “Zarafshon koni baliqchi” kabi fermer xoʼjaliklari tomonidan shartnomasiz suv isteʼmol qilinib, kelinayotganligi aniqlandi.
Oʼrganishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan “Oʼzagroinspektsiya” va uning hududiy boshqarmalari hamda tumanlar boʼlimlari tomonidan vakolat doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 784 ta (294 mln.soʼm) maʼmuriy, 408 ta (507,3 mln.soʼm) jarima sanktsiyalar qoʼllanildi. 229 ta holat yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni koʼrib chiqishlik uchun toʼplangan hujjatlar sudlarga kiritilishi taʼminlandi.
Oʼz navbatida, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar koʼrish toʼgʼrisida 606 ta yozma koʼrsatma va taqdimnomalar kiritildi.
Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir etilishini erta oldini olish maqsadida 2444 ta suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.
Bugungi kunda nazorat tadbirlari belgilangan tartibda oʼtkazilib kelinmoqda.
"Oʼzagroinspektsiya"ning Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan suv
resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi