Ру Ўз O`z En

Suvni isrof qilgan fuqaro jazoga tortildi

18 Avgust 2021 1910

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Nizomga asosan suv obyektlaridan suv olish faqat suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining yozma buyurtmanomalari bo‘yicha ularning suvdan foydalanish va suv isteʼmoliga tayyorligiga ko‘ra, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejasi asosida, belgilangan suv olish limiti doirasida amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsada, mazkur tartibini buzgan holda suvdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelayotganlar kuzatilmoqda.

O‘zagroinspeksiyaning Kogon tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borildi.

Tadbir davomida, Kogon tuman “Xo‘ja-YakshabaMFY, “Arabxona” qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.M tomonidan “Suv isteʼmolchilar uyushmasi” hisobidagi ichki sug‘orish tarmog‘idan shaxsiy yer tomorqasini sug‘orish maqsadida ruxsatsiz suv ochib foydalangan hamda suvga eʼtiborsizligi oqibatida fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 3 gektarlik g‘o‘za maydonining 0,50 gektar qismiga suv kiritib, ko‘llab yuborilgan va suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Mazkur holat, “O‘zagroinspeksiyaning Kogon tuman bo‘limi xodimlari va xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzar A.Mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan 245 000 so‘m jarima jazosi qo‘llanildi.

Shuningdek, kelgusida ham shu kabi holatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida Inspeksiyaning tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan hududdagi fuqarolar va fermer xo‘jaliklari ishtirokida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy rioya qilish va suv xo‘jaligi borasida amaldagi qonunchilik talablari keng muhokama qilinib, tushunchalar hamda tavsiyalar berildi.

Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Anvar RASHIDOV

O‘zagroinspeksiyaning Kogon tuman

bo‘limi boshlig‘i               

Text to speech