Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun, birinchi navbatda boshoqli don ekinlarini yetishtirish hamda zarur zaxiralarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, Sirdaryo viloyatida 2024 yil hosili uchun 85 000 gektar maydonga kuzgi boshoqli don ekinlari ekilishi rejalashtirilgan.
Viloyat tumanlarida boshoqli don ekinlarini ekish ishlariga 30 dona yuqori unumli don ekish seyalkalari va 456 dona don ekish moslamalari jalb qilingan bo‘lib, bugungi kunda, viloyat hududlarida 84 ming 650 gektar (99,6 foiz) maydonlarda don ekish ishlari amalga oshirildi.
Boshoqli don ekinlarini o‘z muddatida va sifatli ekish ishlari Inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan kunlik nazorat qilib borildi.
Xususan, g‘alla ekish mavsumida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha, fermer xo‘jaliklari va masʼul tashkilotlarga nisbatan 164 ta yozma ko‘rsatmalar va 289 ta ogohlantirish berilishi hamda 9 ta taqdimnomalar kiritilishi taʼminlandi.
"O‘zagroinspeksiya"ning Sirdaryo viloyati boshqarmasi