Ру Ўз O`z En

Sirdaryo: Don qabul qilish korxonalari g‘alla hosilini qabul qilishga tayyormi?

5 Iyun 2024 1463

O‘zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan joriy 2024-yil hosili uchun yetishtirilgan boshoqli don ekinlarini nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda o‘rib-yig‘ib olish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyatda mavjud “OqoltindonmahsulotlariAJ va unga qarashli (“GulistondonDQQSH, “BoburDQQSH, “Sardoba” DQQSH va “Sirdaryo” DQQSH) g‘alla qabul qilish shoxobchalari va “XovosdonmahsulotlariAJ va unga qarashli (“G‘allakor” DQQSH) don qabul qilish shoxobchalari va omborlarining mavsumga tayyorgarligi bo‘yicha tegishli amaliy yordamlar berilib, mavsumga shay holatga keltirildi. Xususan, shoxobchalarning moddiy texnika bazasi tayyorgarligi, avtomobil tarozilari va mavjud laboratoriya jihozlarining sertifikatlar bilan taʼminlanganligi nazoratga olindi.

Joriy yilning 03-iyun holatiga Sirdaryo viloyatining don qabul qiluvchi korxonalaridagi 133 ming tonna don saqlash sig‘imlari, 6 ming 700 tonna donni saqlashga rejalashtirilgan ayvonlar, 153,3 ming kvadrat asfalt maydonlar, mavjud 8 ta laboratoriyalar, 1 ta urug‘lik sexining, 1 ta avtoag‘dargich, 10 ta avtomobillar, vagon tarozilar, 5 ta don tozalash mashinalari hamda 22 ta ko‘chma uzatuvchi transportyorlarning mavsumga tayyor holatda ekanligi aniqlandi.

Asfalt maydonlarni tayyorgarligi “OqoltindonmahsulotlariAJda va “XovosdonmahsulotlariAJ da hamda shohobchalarida esa 100 foizni tashkil qiladi.

Urug‘lik sexlarining tayyorgarlik holati bo‘yicha esa “OqoltindonmahsulotlariAJ 100 foizni tashkil yetib, ushbu urug‘chilik sexida kerakli kimyoviy reaktivlar to‘liq jamg‘arilgan, urug‘lik doni bilan bog‘liq operatsiyalarni rasmiylashtirish uchun zarur shitlar, qopchalar, etiketkalar, nav hujjatlari blankalari bilan to‘liq taʼminlangan.

Mavsumda donni buntlash, maydondan maydonga ko‘chirish uchun asosiy ishlarni bajarishga mo‘ljallangan ko‘chma uzatuvchi transportyorlar moslamalarini taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilgan.

Shu bilan birga, Don qabul qilish korxonalari va shoxobchalaridagi mavjud laboratoriyalarda meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanganligi, o‘lchov vositalarini davriy davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilganligi hamda meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishi, rejaga asosan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar qishloq xo‘jaligi borasida o‘lchov vositalari va sinov uskunalarining sozligi hamda meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanganligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilib, mavsumga tayyor holatga keltirildi.

 

L.Shomuratov, I.Ibodullayev "O‘zagroinspeksiya"ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi

Text to speech