Ру Ўз O`z En

O'zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasining o‘tgan davrdagi faoliyati sarhisob qilindi

13 Mart 2025 72

Joriy yilning 12-mart kuni «O‘zagroinspeksiya»ning Xorazm viloyati boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yil fevralidan 2025-yil martigacha bo‘lgan davr mobaynida faoliyati yakunlari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar kengashi bilan hamkorlikda hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar kengashi raisi Sh.X.Safarbaev ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlarni va kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatini ijobiy baholab o‘tdi.

Tadbir davomida boshqarmaning kelgusidagi faoliyatida kasaba uyushmasi qo‘mitasiga raislik uchun nomzodlar taklifi ko‘rib chiqildi va boshqarma hamda tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan bir ovozdan mazkur vazifani bajarish uchun boshqarma bosh mutaxassisi Navro‘z Bekchanov loyiq deb topildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida kasaba uyushmasi aʼzolari ham saylanib, kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda, Inspeksiyaning Yangibozor tuman bo‘limi boshlig‘i hamda Gurlan, Shovot va Xiva tuman bo‘limi xodimlari tomonidan kasaba uyushmasining o‘tgan davrdagi amalga oshirilgan ishlari borasida to‘xtalib o‘tildi.

Umuman olganda, hisobot-saylov yig‘ilishi, ko‘tarinki kayfiyatda, samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, tizimdagi xodimlarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va kelgusidagi ustuvor vazifalar hamda tashkilotning shahar kengashi bilan olib boriladigan hamkorlik masalalari tahlil qilib olindi.

O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi

Text to speech