Ру Ўз O`z En

Hukumat tomonidan agentlik va inspeksiyalarda qonun hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish bo'yicha amaliyot tashkil etildi

25 Dekabr 2023 2090

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va Hukumatning tegishli qaror va topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 5- kun davomida Vazirlar Mahkamasi apparatida vazirliklar huzuridagi 10 ga yaqin Inspeksiya va agentliklarning ijro intizomi, umumiy bo‘lim va murojaatlar bilan ishlash masalalariga masʼul bo‘lgan xodimlari malakasi oshirildi.

Amaliyotga jalb qilingan xodimlar tomonidan stajirovka davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vaziriligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarida ijro intizomi, umumiy bo‘lim va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tajriba almashildi. 

Amaliyot davrida ishtirokchi xodimlar nafaqat Vazirlar Mahkamasidagi imli va tajribali mutaxassislardan bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan boshqa davlat organlari (inspeksiya va agentliklar) vakillari bilan fikr almashdi, balki sohadagi kamchilik va muammolar, ularni bartaraf qilish yuzasidan tajribalar ham almashildi.

Shuningdek, amaliyotning so‘ngi kunida Hukumat uyida Bosh vazir maslahatchisi R.Abduqodirov barcha qatnashchilarga amaliyot yakunlari bo‘yicha inspeksiya va agentliklarda ishlarni yaxshilash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

«O‘zagroinspeksiya» Axborot xizmati

Text to speech