Ру Ўз O`z En

Don qabul qilish shoxobchalarning mavsumga tayyorgarligi inspeksiya nazoratida

17 Aprel 2025 160

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22 maydagi “G‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 312-son qarori ijrosini o‘z vaqtida taʼminlash maqsadida 2025-yil hosilida fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlarini sifatli qabul qilish, saqlash hamda nobudgarchiliklarning oldini olish borasida bir qator vazifalar yuklatilgan.

Mazkur qarordan kelib chiqib, don qabul qilish hamda joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi barcha tijorat vakillarining 2025-yil g‘alla hosilini qabul qilishda ularning moddiy-texnika bazasi hamda don qabul qilish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini borishi bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

Buxoro viloyatida mavjud 3 ta bosh korxona va 17 ta don qabul qilish shoxobchalari obyektlarini kompleks dezinfeksiyalash, donni saqlash sharoitlari, sinovlarini olib borish bo‘yicha laboratoriyalar tayyorgarligi, asfalt maydonlarning holati va boshqa zaruriy talablar bajarilishi yuzasidan ishchi guruh tomonidan amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, g‘alla hosilida fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don mahsulotini nes nobud qilmasdan, belgilangan davlat standarti talablari asosida qabul qilish, nizoli holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni oldini olish borasida tizimli ishlar amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bundan tashqari, qabul qilinadigan donning sifati, uning saqlanishi, joylashtirilish tartibiga rioya qilinishi, miqdori va sifati bo‘yicha hisobga olishning to‘g‘riligi hamda donlarning saqlashda tabiiy kamayish normalari qo‘llanishining asoslanganligi ustidan O‘zagroinspeksiya tomonidan nazoratga olindi.

«O‘zagroinspeksiya» ning Buxoro viloyati boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i    J.Allanazaro

Text to speech