Ру Ўз O`z En

Inspeksiyada "Vatan himoyachilari kuni”ni munosib nishonlandi

12 Yanvar 2024 1613

"14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ni mamlakatimizda faqatgina harbiylarimizgina emas, balki barcha yurtdoshlarimiz ham tinchlik va osoyishtalik bayrami kuni sifatida keng nishonlamoqda.

Yurtimizda Vatan himoyasi kabi muqaddas yo‘lda o‘zini bag‘ishlagan harbiylarimiz katta hurmat va eʼzoz bilan qadrlanib, har yili ushbu kun katta bayram va shodiyona bilan o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Inspeksiyaning Markaziy apparatida Vatan himoyachilari kuni va quroli kuchlar tashkil qilinganining 32 yilligi bayrami munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda, Inspeksiya boshlig‘ining Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha maslahatchi -G Irgasheva Inspeksiya ayollari nomidan bayram bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng, Inspeksiya markaziy apparatida xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar Inspeksiyaning ayol xodimlari tomonidan tayyorlangan "Maxsus nominatsiya" lar bilan taqdirlandilar.

Bayram dasturi sanʼatkor va madaniyat xodimlarining konsert dasturi bilan davom etdi.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech