Ру Ўз O`z En

Paxta xom-ashyosining iflosligi va namligi bo‘yicha mobil arbitraj guruhlariga 353 ta murojaat kelib tushgan

20 Noyabr 2023 2015

"O‘zagroinspeksiya" tomonidan 2023-yilda yetishtirilgan paxta hosilini sifatli qabul qilinishi, topshiruvchi hamda qabul qiluvchilar o‘rtasida yuzaga keladigan nizoli holatlarni tezkorlik bilan adolatli hal etish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilgan.

 

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan 39 ta mobil Arbitraj guruhlari tomonidan mavsum davomida tayyorlov maskanlarida qabul qilingan paxta xom-ashyosining navi, sinfi, namligi va iflosligini aniqlash yuzasidan 353 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, 80 ta holatda paxtaning sinfi bo‘yicha, 273 ta holatda paxta xom-ashyosining iflosligi va namligi bo‘yicha nizolarni tashkil etdi.

Nizolarning 261 tasi fermer xo‘jaliklari foydasiga, 92 tasi tayyorlov korxonasi foydasiga hal etildi.

O‘zagroinspeksiya” tomonidan bu yilgi paxta hosilini sifatli qabul qilinishi muntazam nazorat etilishi natijasida respublikada tayyorlangan paxta xom-ashyosining 98 foizi yuqori navlarga qabul qilinishiga erishildi.

Ayniqsa, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlarida tayyorlangan paxta xom-ashyosining asosiy qismi yuqori navlarga qabul qilindi.

Shuningdek, qabul qilingan paxta uchun 32 ming 62 tonna (0,84%) “chegirma” va 4 ming 687 tonna (0,12%) “ustama” qo‘llanilib, chegirma miqdori o‘tgan 2022-yilga nisbatan 33 ming 323 tonna yoki 1,0 foiz kam, ustama miqdori 555 tonna ko‘p qo‘llanilishiga erishildi.

Maʼlumot uchun, 2022-yilda qabul qilingan paxta uchun 65 ming 385 tonna (1,83%) “chegirma” va 4 ming 132 tonna (0,12%) “ustama” qo‘llanilgan.

O‘zagroinspeksiya” Respublika Ishchi guruhi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan Ishchi guruhlari tomonidan mavsum davomida paxtaning navi, sinfi va sifati to‘g‘ri tahlil qilinishi, paxta topshiruvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli holatlar tezkorlik bilan joyida hal etildi.

Inspeksiyaning paxta xom-ashyosi, don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech