Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda va xalqmiz turmushi farovonligini oshirishda qishloq xo‘jaligi, xususan, boshoqli don ekinlari urug‘chiligi ham muhim o‘rin tutadi.
Ommaviy axborot vositalari uchun tashkil etilgan bugungi press-tur kun tartibidan 2024 yil hosili uchun jamg‘arilgan urug‘lik donni qabul qilish, tayyorlash, dorilash, tarqatish va sifatli saqlanishini nazorat qilish sohasida “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga amaliyotda rioya etilishi borasida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida amalga oshirilayotgan ishlar, uning mazmun va mohiyati o‘rin oldi.
Shu boisdan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmua ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi qonun hujjatlariga va boshqa normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan bo‘lib, ishtirokchilar dastlab Sh.Rashidov tumani “Dafna ifori” MCHJ urug‘chilik sexi va saqlash omborxonasida bo‘lishib, bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Bugungi kunda mazkur tadbirkorlik subyekti tomonidan 2024 yil hosili uchun jami 3 590 tonna qabul qilingan urug‘lik donni nav va avlodlar bo‘yicha sifatli qilib, belgilangan talablar asosida qayta ishlash, fermer xo‘jaliklariga yetkazib borish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, tuman inspektorlari tomonidan ushbu jamg‘arilgan urug‘lik donni tozalash, dorilash va muvofiqlik sertifikatlari olinishini tashkil etish chora-tadbirlari qatʼiy nazoratga olingan.
Tadbir so‘ngida boshqarma tomonidan Matbuot anjumani ham tashkil qilinib, OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
"O‘zagroinspeksiya" matbuot xizmati