Hukumatning "2024-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qarorida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ustidan Inspeksiya tomonidan kunlik qatʼiy nazorat o‘rnatilib, bir qator ishlar amalga oshirildi.
Qaror ijrosi yuzasidan, don qabul qiluvchi korxonalarda jamg‘arma hisobiga qabul qilingan hamda vaqtincha saqlanayotgan bug‘doyni saqlanishi va birja savdolariga qo‘yilishida bug‘doyni sifat ko‘rsatkichlari ustidan kunlik monitoring olib borish hamda davlat resursiga xarid qilingan tovar bug‘doyning sifatli saqlanishini taʼminlash maqsadida ochiq maydonlardagi donni shoxobchaning yopiq sig‘imli omborlariga joylashtirish nazoratga olingan.
Bugungi kunda, 2024-yil hosilidan ochiq maydonga qabul qilingan 2 mln. 18 ming 370 tonna bug‘doydan 30 sentyabr holatiga 1 mln. 553 ming 299 tonnasi ( 77,0 foizi) yopiq sig‘imlarga kiritildi va hozirda 476 ming 85 tonnasi (23,0 foizi) ochiq maydonlarda qolmoqda.
Shuningdek, hukumatning “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yana-da rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilanganligi munosabati bilan ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Inspeksiyaning viloyat boshqarmalariga 2024-yil hosilidan boshlab bug‘doy partiyalari bo‘yicha tabiiy kamayish miqdorini don korxonalari elevatorlari va omborlarida 1 foizdan va don qabul qilish shoxobchalarida 2 foizdan oshmasligini qatʼiy nazoratga olingan.
Davlat resursiga qabul qilingan donlardan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, mamlakat ichida sotishda, eksport-import jarayonlarida meʼyoriy hujjatlarga rioya etilayotganligini nazorat qilish bo‘yicha 2024-yil sentyabr oyida mamlakatimizga import qilingan 37 ming 161 tonna don va 466 tonna un mahsulotlari tahlil qilinib, tegishli xulosalar rasmiylashtirildi.
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati