Urug‘lik paxta xomashyosini qabul qilib olish va uni belgilangan standart tartiblarga rioya etgan holda saqlash muhim jarayon hisoblanadi. Sababi, kelgusi yil hosilining mo‘l bo‘lishi urug‘lik chigitning sifatli bo‘lishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Xususan, joriy yilda mavjud paxta-to‘qimachilik klasterlariga qarashli urug‘lik paxta qabul qilish korxonalari tomonidan 133 ming tonna, shundan 95 ming tonna asosiy fond, 38 ming tonna zaxira fond uchun qabul qilingan.
Ushbu jamg‘arilgan urug‘lik paxtaning 5,5 ming tonnasi 114 ta omborxonalarda va 127,3 tonnasi 714 ta g‘aramlarda normativ huquqiy hujjatlar asosida nav va avlodlar bo‘yicha alohida sifatli saqlab kelinmoqda.
Shuningdek, maskanlarda jamg‘arilgan urug‘lik paxtaning 708 ta g‘arami bir marta, 627 ta g‘arami ikki marta hamda 108 ta g‘arami uch martadan havo so‘rgich moslamalaridan o‘tkazildi.
Bugungi kunda, g‘aramlarda saqlanayotgan urug‘lik paxta xomashyosi standart talablari asosida brezent yoping‘ichlar bilan yopilganligi, tunnel qazilganligi, qirqish va tarash ishlari bajarilganligi bo‘yicha 174 nazorat tadbirlari olib borilib, aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan masʼullarga nisbatan 170 ta ogohlantirishlar, 83 ta yozma ko‘rsatmalar, 5 ta taqdimnoma va 1 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shu bilan birga, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi bilan birgalikda urug‘lik qabul qiluvchi paxta to‘qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar va elita urug‘chilik xo‘jaliklari o‘rtasida 2023-yil hosilidan jamg‘arilgan urug‘lik paxta xomashyosi g‘aramlarining dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha sinovlar o‘tkazish yuzasidan shartnomalar tuzilib, ushbu tadbirlar davom etmoqda.
X.Asfandiyorov, Qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishni nazorat olish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi