Joriy yilning 25 fevral sanasida Xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi hamda O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi bilan birgalikda deputatlik nazoratini o‘rnatish maqsadida O‘zagroinspeksiya Xorazm viloyat boshqarmasining 2024-yildagi natijalari va 2025-yilning ustuvor vazifalari yuzasidan hisoboti tinglandi.
Yig‘ilishda barcha tumanlar va viloyat deputatlari, tadbirkorlik subyektlari, klaster korxonasi rahbarlari, qishloq xo‘jalik boshqarmasi, viloyat fermerlar kengashi hamda O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.
Qizg‘in munozaralar va savol-javoblar tarzida o‘tkazilgan tadbir davomida Inspeksiyaning keng qamrovli sohalari bo‘yicha erishilgan natijalari va kelgusidagi dolzarb vazifalari muhokama qilindi.
Sohada mavjud muammolar va qonunchilikka kiritilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar yuzasidan asoslantirilgan takliflar bildirilib, deputatlar tomonidan kelgusida ham bu kabi takliflarni kiritib borishga hamda hamkorlikda faoliyat olib borishga kelishib olindi.
O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi