Ру Ўз O`z En

G‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi Inspeksiya nazoratida

25 Mart 2024 1678

O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan Respublikaning barcha hududlarida  mavjud g‘alla maydonlaring rivojlanish fazalari, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sug‘orish va begona o‘tlar, kasallik hamda zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash ishlarini sifatli amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat  qilib borilmoqda.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Respublika hududlarida parvarish qilinayotgan g‘alla maydonlarining bugungi kunda 937 ming gektar (80%) tuplash hamda 232 ming gektar (20%) naychalash fazasida rivojlanayotganligi maʼlum bo‘ldi.

G‘allani azotli mineral o‘g‘itlari bilan bahorgi ikkinchi oziqlantirish ishlari 618 ming gektar (53%) maydonda amalga oshirildi.

 Shuningdek, bahorgi birinchi sug‘orish ishlari 331 ming gektar yoki 28 foiz g‘alla maydonlarda o‘tkazildi.

Shu bila birga, Respublika hududlarida 428 ming gektari yoki 36 foiz g‘alla maydonlariga zang kasalligiga qarshi fungitsidlar bilan ishlov berilganligi maʼlum bo‘ldi.

Bundan tashqari, hududlarda 313 ming gektar yoki 27 foiz g‘alla maydonlarida begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlar sepildi.

Shuningdek, “O‘zagroinspeksiya” tomonidan g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mavsum davomida 31 ming 150 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 4 ming 342 ta subyektlarning 31 ming 313 gektari siyrak unib chiqqan, 4 ming 775 ta subyektlarning 38 ming 272 gektari sarg‘aygan va rivojdan orqada qolgan, 3026 ta subyektlarning 21 ming 961 gektarida azotli mineral o‘g‘itlar bilan sifatsiz oziqlantirilgan, 2 390 ta subyektlarning 11 ming 582 gektar g‘allani bargidan sifatsiz oziqlantirilgan, 390 ta subyektlarda 2 ming 824 gektarda g‘allani payhon qilinganlik holatlari aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida, Inspeksiya tomonidan soha masʼullariga 470 ta taqdimnomalar kiritildi hamda fermer xo‘jaliklariga 30 ming 680 ta ogohlantirish berildi.

"O‘zagroinspeksiya"ning Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi

Text to speech