Yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay, qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish uchun o‘rim-yig‘imga puxta tayyorgarlik ko‘rish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga egadir.
Shu maqsadda Toshkent viloyatida mavjud bo‘lgan g‘alla o‘rish kombaynlarini sifatli ta’mirlash ishlariga bu yil har yilgidan ham ertaroq kirishildi.
Viloyat bo‘yicha jami 217 dona, shundan 85 dona “Keys 4088” va “New Xolland” rusumli, 95 dona “Klass” rusumli, 29 dona “Vektor-410” rusumli va 8 dona boshqa rusumli kombaynlar markazlashgan holda ta’mirlanmoqda.
Mavsumga qatnashuvchi kombaynlarni ta’mirlash uchun jami 10 mlrd. 962 million so‘m, shundan “O‘zKeysServis” qo‘shma korxonasiga 5 mlrd. 946 mln. 290 ming so‘m, “O‘zKlaasServis” MCHJga 3 mlrd 578 mln. hamda “Vektor” va boshqa rusumdagi kombaynlar uchun 1 mlrd. 438 mln. so‘m pul mablag‘lari talab etilsa bugungi kun holatida 7 mlrd. 441 mln. so‘m, pul mablag‘lari ta’minotchi korxonalarga ehtiyot qisimlar xarid qilish uchun chiqarilgan.
Viloyat bo‘yicha bugungi kun holatiga mavsumda qatnashuvchi jami 217 dona g‘alla kombaynlaridan 191 donasida ta’mirlash ishlari yakunlanib, tayyorgarlik chizig‘iga qo‘yildi. Tumanlarda tashkil etilgan qabul qilish komissiyalari tomonidan kombaynlarini qabul qilish ishlari olib borilmoqda.
“O‘zagroinspeksiya” ning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan ta’mirlashni yakunlash yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.
“O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi texnika holati nazorat qilish sho‘basi bosh mutaxassisi
E.Raximjanov