Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyatida 2024-yil hosilidan 236 ming tonnadan ortiq boshoqli don jamg‘arish rejalashtirilmoqda

15 May 2024 662

O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi Don va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish sho‘basi mutaxassislari tomonidan “O‘zdonmahsulotAK tizimidagi “Toshkentdonmahsulotlari”, “Ohangaron don”, “G‘alla AltegAJlar hamda g‘alla yetishtirib beruvchi xo‘jaliklar va ularga tegishli don qabul qilish shahobchalarining 2024-yil g‘alla hosilini qabul qilish mavsumida moddiy-texnik bazasi va laboratoriya jihozlarining tayyorgarligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida viloyatda 3-ta don korxonasi, 2-ta filial, 2-ta klaster va 9-ta don qabul qilish shahobchalarida 2024-yil g‘alla hosilini qabul qilish mavsumiga moddiy-texnika baza va laboratoriya jihozlarining tayyorgarligi bo‘yicha kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf qilish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar berildi.

Bugungi kunda Toshkent viloyatida faoliyat olib kelayotgan fermer xo‘jaliklari va g‘allachilik klasterlar tomonidan 2024-yilda jami 236 325 tonna boshoqli don (bug‘doy) jamg‘arish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 237 625 tonna tovar bug‘doy doni, hamda 25 700 tonna urug‘lik bug‘doy doni qabul qilish rejalashtirilgan.

Viloyatdagi don qabul qilish korxonalari, g‘allachilik klasterlari va ularga qarashli filial va maskanlarning laboratoriya xonalari- tahlillar o‘tkazishda kerak bo‘ladigan zarur o‘lchov vositalari va uskunalar bilan to‘liq jihozlangan. Shuningdek, laboratoriya o‘lchov vositalari, avtomobil, vagon tarozilari metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilib, qiyoslov sertifikatlari bilan taʼminlangan.

A.Ismoilov,  “O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi

Text to speech