Ру Ўз O`z En

Traktorchi-mashinst guvohnomasi olish uchun o‘quv kurslari tashkil etilmoqda

16 Dekabr 2021 4732

Toshkent viloyatida mavjud o‘zi yurar texnikalarni boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni o‘qitish bo‘yicha “O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyatning 12 ta tumanlarida mavjud 15 ta o‘quv muassasalariga “O‘zagroinspeksiyaning tuman bo‘limlari tomonidan tegishli tartibda xulosalar berilishi taʼminlangan bo‘lib, hozirda mazkur muassasalarda 675 nafar talabalar tahsil olmoqda.

Viloyatda ro‘yxatga olingan jami 14 mingdan ortiq traktorlar, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari mavjud bo‘lsa, shundan mingdan ortiq texnikalarni boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni o‘qitish talab etiladi.

Jumladan, bir o‘quv kurslari davomiyligini kamida 3 oy bo‘lishini inobatga olinsa, ishsiz talabalar va fuqarolar uchun mavjud muassasalar tomonidan yana  qo‘shimcha ikki o‘quv kurslari tashkil etilib, traktorchi-mashinist guvohnomalari berilganida, qo‘shimcha 1015 kishi doimiy ish joyi bilan taʼminlanadi.

Mazkur  fuqaro va talabalarga, texnikalarni boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun 414 soatdan kam bo‘lmagan nazariy va amaliy o‘quv dasturi asosida o‘qitilib, taʼlim muassasalarini bitirgach, taʼlim muassasalari tomonidan berilgan guvohnoma bilan doimiy yoki vaqtinchalik yashash joylaridagi Inspeksiyaning tuman bo‘limlariga murojaat qilish orqali traktorchi-mashinist guvohnomalariga ega bo‘lishliklari tushuntirilmoqda.

Hozirda, “O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi hamda Viloyat IIB boshqarmasi bilan birgalikda o‘quv muassalarida tahsil olgan bo‘lsada, traktorchi-mashinist guvohnomalarini olmagan jami 980 nafar, shundan 341 nafar Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining 3-kursida taʼlim olayotgan talabalar, 2018-2020 yillar davomida tahsil olgan kollej talabalari hamda 296 nafar boshqa muassasalarni tamomlagan talabalar ro‘yxati shakllantirilib, Inspeksiyaning tuman bo‘limlari tomonidan traktorchi-mashinist guvohnomalari berilishi taʼminlanmoqda.

s.Sadikov, Inspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i                                                                      

 H.Nurboboyev, Inspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi, katta inspektori      

Text to speech