Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qishning sovuq kunlari kirib kelishiga tayyorgarlik ko‘rish, joylardagi mavjud bog‘lar, ayniqsa anorzor hamda tokzorlarni sovuqdan asrash va kelgusi yilda mo‘l va sifatli hosil olish maqsadida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zagroinspeksiya” xodimlari va shaxsan viloyat boshqarma boshliqlari tomonidan tezkor tadbirlar tashkil etildi.
Joriy yilning, 11 dekabr holatiga joylarda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinganda 12 ming 329 gektar anorzorlarning 8 ming 768 gektarida (71%) shuningdek, 91 ming 971 gektar tokzorlarning 75 ming 320 gektarida (82%) ko‘mish ishlari amalga oshirildi.
Xususan, Xorazm viloyatida 92 foiz, Farg‘ona, Toshkent, Andijon, Navoiy, Buxoro, Namangan, Jizzah viloyatlarida 80-88 foiz, Samarqand, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida 70-78 foiz Qoraqalpog‘iston Respublikasida 79 foiz, Surxondaryo viloyatida 63 foiz maydonlarda anorzorlar ko‘milib, qishki sovuqdan betalofat o‘tishi uchun sharoit yaratildi.
Misol uchun, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Kitob, Romitan va Vobkent tumanlarida 91-96 foiz maydonlarda anorzorlar ko‘mildi.Shuningdek, tokzorlarni ko‘mishda Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 90-92 foiz hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida 87-88 foiz maydonlarda yakuniga yetkazildi.
Ayniqsa, Parkent, Qibray, Xonqa Peshku, Shofirkon tumanlarida 92-94 foiz maydonlarda tokzorlar ko‘milgan.Shular qatorida, joylarda parvarishlanayotgan 239 ming gektardan ziyod mevali bog‘larini sovuqdan saqlash, zararlanishini oldini olish maqsadida, bog‘ qator oralarida xazonlarni yig‘ish ishlari bajarildi.
Yuqoridagilarga asosan, ko‘p yillik tajribali bog‘bonlarning tavsiyasiga asosan Inspeksiya xodimlari tomonidan joylarda mavjud bog‘larni asrash, anorzor va tokzorlarni ko‘mishda samarali ishlar tashkil qilish bilan birga tegishli ko‘rsatmalar berib kelmoqda.
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati