Joriy yil hosil uchun urug‘lik paxta yetishtirish maqsadida 3779 ta fermer xo‘jaliklarining 139 ming gektar maydonida rayonlashtirilgan, istiqbolli va yangi g‘o‘za navlari parvarishi olib borilib, 2021 yil hosili uchun sifatli urug‘lik paxta xomashyosi jamg‘arish maqsadida aprobatsiya tadbiri olib borilmoqda.
Inspeksiyaning ikkinchi yarim yillik ish rejasiga ko‘ra, hududlarda ushbu tadbirni ko‘rgazmali seminar tarzida o‘tkazish belgilangan bo‘lib, bugungi mazkur tadbir karantin talablariga rioya etgan holda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib viloyat va tumanlar miqyosida tashkil etildi.
Ushbu tadbirning o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zagroinspeksiya tomonidan tasdiqlangan qo‘shma bayon asosida hududlarda tuman aprobatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi belgilab olindi. Ishlab chiqilgan bayonnomaga ko‘ra, 2021 yil hosili uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida tashkil etilgan 52 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklarida yuqori (elita va original) hamda keyingi avlodlarga mansub urug‘lik yetishtirish uchun jami
137,3 ming gektar maydonlarda ushbu tadbirning o‘tkazilishi nazorat qilib boriladi.
Bugungi kunga kelib, barcha viloyatlarda Qishloq xo‘jalik boshqarmalari va ularning tuman bo‘limlari, O‘zagroinspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmalari va tumanlar bo‘limlari, paxta to‘qimachilik klasterlari mutaxassislari, tegishli idora va tashkilotlar mutaxassislari hamda urug‘lik paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari ishtirokida aprobatsiya seminarlari o‘tkazildi va ish rejaning tegishli bandlari ijrosi ta’minlandi.