Ру Ўз O`z En

Samarqand viloyatida 2025-yil g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

23 May 2025 99

Samarqand viloyati Payariq va Ishtixon tumanlarida joriy yilgi g‘alla o‘rim-yig‘imini rejali tarzda tashkil etish maqsadida joriy yilning 22-may kuni amaliy seminar tashkil etildi. 2025-yil hosilini o‘z vaqtida va nest-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish uchun viloyat bo‘yicha jami 255 dona g‘alla o‘rish kombaynlarni shay holatga keltirildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari S.A. Nishanboyev, viloyat hokimi o‘rinbosari Sh.F. Xudoyberdiyev, tuman hokimlari va “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i D. Achilov, hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashishdi.

Shuningdek, tadbirga Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq, Samarqand, Urgut, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Narpay, Pastdarg‘om, Nurobod va Oqdaryo tumanlaridan mavsumga safarbar etilgan mutaxassislar jalb etildi.

Mazkur seminarda joriy mavsumdagi g‘alla o‘rim-yig‘imini samarali tashkil etish, mavjud texnik va tashkiliy imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish, shuningdek, hosilni yo‘qotishlarsiz yig‘ishtirib olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“O‘zagroinspeksiya” ning Samarqand viloyat boshqarmasi

Text to speech