Ру Ўз O`z En

Xushxabarning qanoti bor deyishadi. Har galgiday, g'allaga o'roq tushgani haqidagi dastlabki xabar Surxondaryodan keldi.

2 Iyun 2020 2457

Bobodehqonlarning yurtimiz xirmoni mo'l, dasturxonimiz to'kin bo'lsin, deya bildirilgan duoi niyatlaridani keyin qiziriqlik va sherobodlik fermerlarning dalalarida g'alla o'rim kombaynlari ish boshladi. SHundan keyin ular safiga Angor, SHo'rchi, Bandixon, Jarqo'rg'on, Qumqo'rg'on tumanlarining dehqonlari qo'shildi.

Ma'lumotlarga qaraganda, dastdabki ikki kunda  viloyatning 164 ta fermer xo'jaligining 1913 gektar maydonidagi g'alla va 362 gektar erdagi arpa o'rib olinib, davlatga 8,5 ming tonna don sotilgan.

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor, G'o'zor, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Xovos, Boyovut, Sayxunobod, Oqoltin, Sirdaryo va Guliston tumanlarida g'alla o'rim-yig'im ishlari boshlanib ketdi.

 Манба:Yuz.uz

Text to speech