Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2 noyabr kuni “Aholini uy-joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan” bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boshqarmalari “dolzarb 40 kunlik” ko‘chat ekish aksiyasida faol ishtirok etmoqdalar.
Jumladan, Inspeksiyaning Markaziy apparat xodimlari tomonidan ham Shayhontoxur tumanida joylashgan bog‘cha va maktab hovlisi, uning atroflari va Qibray tumani Bobur mahallasidagi tajriba uchastkasi dala maydonlarida 1000 tupdan ziyod mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar ona tabiatni asrashga undashi bilan ahamiyatlidir.
Tadbirlar Respublikanining barcha shahar-tuman boshqarma va bo'limlarida uyushqoqlik bilan davom etmoqda.