Xabaringiz bor, tadbirkorlarga qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritishiga ko‘maklashish va qonunbuzilishlarning barvaqt oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularning huquqlarini ishonchli himoya qilish va nazorat qiluvchi organlarning mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-sonli Farmoni qabul qilingan.
Mazkur Farmon bilan, Tadbirkorlar uchun qulay biznes muhitini yaratish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu belgilab berilgan topshiriq va vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning 23-aprel kunida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Namangan viloyati boshqarmasi hamda tumanlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida o‘quv- seminari tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni, viloyat Adliya boshqarmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Namangan viloyati boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur o‘quv seminari tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga chek qo‘yish hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgarishlarni tushuntirish hamda ularning talablari buzilishining oldini olish, shuningdek, qonunbuzilish holatlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.
Muzaffar NABIEV,
“O‘zagroinspeksiya”ning Namangan viloyati boshqarmasi Axborot-tahlil, ijro intizomi, ma’muriy amaliyot va murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i