Ру Ўз O`z En

CHORVACHILIK - FAROVONLIK MANBAI

28 Aprel 2023 2588

 Bugungi kunda, chorvachilikni rivojlantirish hisobiga aholiga arzon va sifatli gо‘sht va gо‘sht mahsulotlari hamda sut va sut mahsulotlarini yetkazib berish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

“О‘zagroinspeksiya”ning Parkent tuman bо‘limi tomonidan tumandagi barcha chorvachilik subyektlari faoliyati ustidan tizimli nazorat о‘rnatilgan bо‘lib, hozirda chorvachilik xо‘jaliklariga tegishli kо‘rsatma va tavsiyalar hamda qonunbuzilishiga yо‘l qо‘ymaslik bо‘yicha profilaktik tadbirlari uzviy amalga oshirilib kelinmoqda.

Respublika aholisini chorvachilik mahsulotlariga bо‘lgan talabini tо‘liq qanoatlantirish va iste’mol bozorlarini uzluksiz ta’minlash maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan keyingi yillarda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bо‘yicha alohida qarorlar qabul qilinayotganligi hamda ularning ijrosini ta’minlash borasida Parkent tumanida amalga oshirilayotgan ishlar о‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Xususan, о‘tgan yilda tumanda chorvachilikni rivojlantirish bо‘yicha Dastur qabul qilinib, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kо‘paytirishning aniq chora-tadbirlari belgilab olingan.

Mazkur Dasturda loyihalarni amalga oshiruvchi har bir hudud, har bir fermer xо‘jaligi, korxona va tashkilotlar, ularni moliyalashtirish manbalari, moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi tashkilotlar, loyihalarni ishga tushirish va dastlabki mahsulot ishlab chiqarish muddatlari, olinadigan umumiy mahsulot hajmi, yaratiladigan ish о‘rinlari aniq hisob-kitob qilingan. 

Shu о‘rinda ta’kidlash joizki, chorvachilikning eng asosiy tarmog‘i bо‘lgan qoramolchilikni rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlaridan biri - bu har bir tumanda ixtisoslashgan xо‘jaliklarni tashkil etishdir.

Bu borada Parkent tumanida ham chetdan sermahsul gо‘sht va sut yо‘nalishidagi naslli mollarni olib kelish rejalashtirilgan bо‘lib, hozirda loyihalar amalga oshirilishi izchillik bilan davom etmoqda.

Jumladan, “Qо‘lichi” MFY hududida joylashgan " Parkent Ziyo nur" MCHJ tomonidan “Agrobank” ATBdan olingan 8 mlrd. sо‘m kredit mablag‘lari hisobidan zamonaviy chorva binosi qurish hamda naslli qoramollar olib kelish rejalashtirilgan.

Hozirda ushbu xо‘jalik tomonidan Avstriya davlatidan 64 bosh sut yо‘nalishidagi naslli simmental zotli qoramollar olib kelingan va parvarish qilib kelinmoqda.

Mazkur xо‘jalik chorva mollari naslini yaxshilash hisobiga mahsuldorlikni oshirish, ozuqa bazasini yaratish, servis xizmatlari kо‘rsatishni takomillashtirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qayta ishlash va tizimli ravishda iste’mol uchun yetkazib berishni yо‘lga qо‘yishni asosiy maqsad qilib olgan. 

Chorvachilikni rivojlantirish dasturida rejalashtirilgan loyihalarning tо‘liq amalga oshirilishi natijasida, xalqimiz dasturxoniga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazib berish kabi muhim vazifani bajarishga erishiladi.

  

     Sh.Tursunboyev  “O‘zagroinspeksiya”ning Parkent tuman

bo’limi Chorvachilikda naslchilik ishini

nazorat qilish bo‘yisha bosh mutaxassis                            

Text to speech