Ру Ўз O`z En

12 ta holatda suvdan noqonuniy foydalanishning oldi olindi

5 May 2021 1789

2021 yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori, Ichki ishlar vaziri, Qishloq xo‘jaligi vaziri, Suv xo‘jaligi vaziri, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i, Markaziy bank raisi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi ishtirokida “Suv va suvdan foydalanish sohasida qonun ustuvorligini taʼminlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va suvdan foydalanish sohasida qonun buzilishi holatlarini oldini olish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda taqdim etish tartibi”ni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilinib, mazkur qaror 2021 yilning 10-mart kunidan kuchga kirdi.

 “O‘zagroinspeksiyaning Urgut tuman bo‘limi xodimlari qaror ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda keng qamrovli nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqdalar.

 Jumladan, suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlaridan xo‘jasizlarcha foydalanishning oldini olish, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, Urgut tuman ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbarlari bilan hamkorlikda tumandagi “Darg‘om-1” nasos stansiyasining “G‘ijduvon” yo‘nalishidagi yuqori bosimli suv quvuriga 12 ta holatda kelgusida suvdan noqonuniy ravishda foydalanish maqsadida tirqishlar o‘rnatilganligi aniqlanib, mazkur tirqishlar payvandlash apparati yordamida berkitib tashlandi. Buning natijasida 12 ta holatda suvdan noqonuniy foydalanishning oldi olindi.  

Zaynobiddin Suvonov, O‘zagroinspeksiyaning Urgut tumani bo‘limi

boshlig‘i o‘rinbosari

Text to speech