Ру Ўз O`z En

123 ming gektar g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan

23 Mart 2023 1517

Boshoqli don ekilgan maydonlarda ekin holatini inobatga olgan holda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, suspenziya sepish, sug‘orish kabi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirish yuqori va sifatli hosil olishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Respublika bo‘yicha bugungi kunda 1 mln 186 ming 381 gektar suvli maydonlarda kuzgi boshoqli don ekinlari parvarish qilinmoqda.

O‘zagroinspeksiya” tomonidan hududlarda 2023-yil hosili uchun g‘alla parvarishida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi ustidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Respublika hududlarida erta bahorda azot taqchilligining oldini olish maqsadida, g‘alla maydonlarini azotli mineral o‘g‘itlar bilan bahorgi birinchi oziqlantirish ishlari to‘liq yakunlanib, g‘allani bahorgi azotli o‘g‘itlar bilan ikkinchi oziqlash ishlari bugungi kunda 922 ming 765 gektarda yoki 78 foiz maydonda amalga oshirilganligi maʼlum bo‘ldi.

Bundan tashqari, g‘alla maydonlarining tuplash, naychalash hamda sut pishish fazalarida g‘allani bargidan oziqlantirish yuqori samara berib, rivojini tezlashtiradi va boshoqdagi don vaznini hamda hosildorlikni 3-5 sentnerga oshiradi va don sifatini yaxshilaydi.

Hozirda Respublikada parvarish qilinayotgan g‘alla maydonlarining 89 foizida 1-suspenziya sepish ishlari hamda 15 foizida 2-suspenziya sepish ishlari amalga oshirilganligi kuzatildi.

Inspeksiya tomonidan hududlarda g‘alla parvarishida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ushbu tadbirlar davomida 10 ming 780 ta fermer xo‘jaliklarida 123 ming gektar g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlar bajarilishida xato- kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, tuman hokimliklariga, mutasaddi tashkilot va idoralarga 290 ta taqdimnomalar kiritildi, g‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklariga 13 ming 897 ta ogohlantirish xatlari hamda 3 ming 54 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.

O‘zagroinspeksiya” tomonidan, hududlarda 2023 yil hosili uchun parvarish qilinayotgan g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazilishi doimiy nazoratga olinib boriladi.

"O‘zagroinspeksiya" Qishloq xo‘jaligida  Agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi

 

 

Text to speech