Bu haqida AOKAda tashkil etilgan brifingda “O‘zagroinspeksiya” boshlig‘i matbuot kotibi X.Shadiyeva maʼlum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Xususan, qonun va qonunosti hujjatlarga rioya qilinishi va ijrosi yuzasidan Inspeksiya xodimlari tomonidan 56 mingta monitoringlar o‘tkazilib, tashkilot va korxonalarga 46 ming 617 ta ogohnomalar kiritildi.
7 ming 889 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, 17 ming 370 ta tekshirishlar o‘tkazilgan. bo‘lsa shundan 457 tasi tadirkorlik subyektarida Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida amalga oshirilgan
Tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Inspeksiya vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 6 ming 850 ta holatda maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, 1 ming 726 ta taqdimnomalar tegishli tashkilot va idoralarga kiritildi, 360 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida yog‘-moy korxonalarining paxta texnik chigitini to‘liq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi hamda ularning mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega ekanligi ustidan nazorat amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, 2023-yil yanvar-sentyabr holatiga jami 28 ta korxonalarda tekshirishlar o‘tkazilgan bo‘lib ulardan 25 ta korxona qonunchilik talablarga muvofiq faoliyat yuritayotganligi, 3 ta korxona faoliyati esa belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan.
Xuddi shuningdek, 194 ta tadbirkorlik subyektlarida un ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligi va texnologik jarayonlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganilib, shundan 24 tasi amaldagi tartiblarga javob bermasligi aniqlandi va tegishli xulosalar rasmiylashtirildi.
Inspeksiyada Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarini texnik holatini ulardan foydalanish samaradorligi, shuningdek, servis va taʼmirlash xizmatlarining sifati ustidan ham qatʼiy nazorat olib borilmoqda.
Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari va monitoringlarda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi holatlari bo‘yicha jami 3 633 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Inspeksiyaning “Texnikalar hisobi” va “Traktorchi-mashinist” axborot tizimlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)ga integratsiya qilindi.
Natijada, jismoniy va yuridik shaxslarga Inspeksiya tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan oson va qulay foydalanish imkoniyati yaratildi.
2023 yil 1 avgustdan boshlab qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l- qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi yoki maxsus savdo tashkilotlarida xaridorlarga sotilgan yangi texnikalar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan hujjatlar bilan birga “O‘zagroinspeksiya”da ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan “Hisob-maʼlumotnoma” berish amaliyoti joriy etildi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 28 ming 552 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, ularga davlat ro‘yhatiga olinganligi to‘g‘risida 39 ming 762 dona texnik pasport va 23 401 dona davlat raqam belgisi hamda 5 ming 743 dona texnik guvohnoma rasmiylashtirib berilgan.
Jami 206 ming 803 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga 20 ming donadan otiq traktorchi-mashinist guvohnomalari rasmiylashtirilgan.
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi yuzasidan “O‘zagroinspeksiya” markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlariga jami 686 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 512 tasi ko‘rib chiqilib, 192 tasi qanoatlantirilgan.
Shuningdek, “O‘zagroinspeksiya” tomonidan jami 30 ming nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilingan.
Inspeksiya faoliyatiga doir amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar: Prezidentning joriy yil 10 iyundagi “Мaʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-90-sonli Farmoni ijrosi taʼminlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilishda davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi vazifa va funksiyalari Agroiinspeksiya tizimiga o‘tkazildi.
“O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati