Ру Ўз O`z En

2020 yil hosili uchun chigit ekilgan maydonlarda g‘o‘za navlarining Respublika janubiy mintaqalari bo‘yicha joylashuvi

2 Iyul 2020 4387

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 martdagi «Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4633-sonli qaroriga muvofiq 2020 yil hosilidan boshlab paxta xom ashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechish, paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar (fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar)ga rayonlashtirilgan g‘o‘za navlarini erkin joylashtirish huquqi berildi. Shuningdek, paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi (shu jumladan, urug‘lik paxta uchun amaldagi ustama to‘lash tartibi) saqlab qolingan holda bosqichma-bosqich Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urug‘chilik klasterlari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari zimmasiga yuklatildi.

Shunga muvofiq, janubiy mintaqalarda 2020 yil hosili uchun chigit ekilgan maydonlarda g‘o‘za navlarining joylashuvi tahlil qilindi. Jumladan, Surxondaryo viloyatida jami 74,6 ming gektar maydonga ertapishar Buxoro-102, Sulton, Beshqahramon, Namangan-77, Porloq-1 va o‘rtapishar Buxoro-8 navlari hamda ingichka tolali Surxon-14 va Surxon-103 navlari joylashtirilgani aniqlandi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining 142 ming gektar maydonini o‘rtapishar Buxoro-6, Buxoro-8 navlari hamda ertapishar Buxoro-102, Namangan-77 va Porloq-1 navlari egallaganini kuzatish mumkin.

Text to speech