Ру Ўз O`z En

2020 yil hosilidan davlat resurslariga olinadigan boshoqli donning xarid narxlari belgilandi

16 Iyun 2020 3047

Vazirlar Mahkamasining “2020 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq, boshoqli don xarid qilish bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, ”O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tizimidagi don korxonalari, g‘allachilik klasterlari, ”O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari rahbarlari zimmasiga yuklandi.

G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriY etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining jahon bozori kon'yunkturasi va mintaqaviy birjalarda kutilayotgan don narxlari hamda xo‘jaliklarning don yetishtirish xarajatlari tahlilidan kelib chiqib, koronavirus pandemiyasi davrida don va un mahsulotlarining narxi keskin oshib ketishining oldini olish, ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta'minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020 yil hosilidan:

Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 831-son qaroriga asosan davlat resurslariga Z 019 ming tonna, shu jumladan, 293,5 ming tonna urug‘lik don xarid qilish;

ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta'minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020 yil hosilidan davlat resurslariga olinadigan boshoqli donni xarid qilish narxini belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

Belgilanishicha, tashkiliy-huquqiy shaklidan qati nazar barcha don tayyorlov korxonalari va g‘allachilik klasterlari qo‘shimcha xarid qilinadigan donni xo‘jaliklar bilan kelishilgan narxlarda shartnoma asosida xarid qiladi.

Ichki bozorda don narxlari barqarorligini taminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020 yil hosilidan davlat resurslariga olinadigan boshoqli donning xarid narxlari

(1 tonna uchun so‘m)

Text to speech