Ру Ўз O`z En

2021 YIL HOSILI UCHUN KUZGI SHUDGORLASH ISHLARIDA 4 000 GA YAQIN YUQORI UNUMLI HAYDOV TRAKTORLARI ISHTIROK ETADI

9 Noyabr 2020 2671

Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosil olish uchun kuzgi shudgorlash tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi alohida ahamiyatga egadir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 oktabrdagi “2021 yil hosili uchun kuzgi shudgorlashni belgilangan muddatlarda uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 03/1-668 sonli yig‘ilish bayoni kuzgi shudgorlash ishlarini o‘z vaqtida sifatli bajarilishi bo‘yicha barcha tashkiliy masalalarni o‘z ichiga olgan.

Respublikada 2021 yil hosili uchun 1 079,9 ming gektar maydonda kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shudgorlash uchun 5 404 dona shundan,
3 995 dona yoki 74 foizi yuqori unumli haydov traktorlari jalb qilindi.

Jumladan; Qoraqalpog‘iston Respublikasida 401 ta, Andijonda 515 ta, Buxoroda 552 ta, Jizzaxda 321 ta, Qashqadaryoda 410 ta, Navoiyda 222 ta, Namanganda 311 ta, Samarqandda 542 ta, Surxondaryoda 392 ta, Sirdaryoda 356 ta, Toshkentda 472 ta, Farg‘onada 400 ta va Xorazm viloyatida 510 ta haydov traktorlari 2021 hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlarida ishtirok etadi.

Mazkur muhim tadbirga  jalb etilgan haydov traktorlarining respublika bo‘yicha 500 dan ortig‘i joriy yilning o‘zida fermer xo‘jaliklari va paxta klasterlari tomonidan xarid qilib olingan bo‘lib, ular yuqori unumli haydov traktorlari hisoblanadi.

Bugungi kunda barcha hududlarda shudgorlash ishlariga to‘liq kirishilgan bo‘lib, tadbirni belgilangan muddatlarda sifatli va agrotexnik talablar darajasida tashkil etish bo‘yicha shudgor otryadlari shakllantirilib, otryadlarga biriktirilgan haydov traktorlarini beto‘xtov ishlashini ta’minlash maqsadida hududlarda ko‘chma ustaxonalar tashkil etilgan.

Shuningdek, shudgorlash ishlarida qatnashayotgan mexanizatorlarga hududlarda issiq ovqatlar va zurur sharoitlar yaratilishi bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joylarda shudgorlangan maydonlarni sertifikat asosida qabul qilib olinishi, maydonlarda har bir konturning to‘rtburchak  “konvert” usulida va daraxtlar atrofi to‘liq shudgorlanishi, haydov agregatlarini ta’mirlash bo‘yicha tasdiqlangan grafikning bajarilishi, shudgorlash ishlari sifatsiz bajarilgan taqdirda dalolatnoma rasmiylashtirish, aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish “O‘zagroinspeksiya”ning hududuiy boshqarma va tuman bo‘limlari zimmasiga yuklatilgan hamda inspektorlar tomonidan muntazam ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

“O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati

 

 

 

 

Text to speech