“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shu maqsadda o‘tgan 2022-yilda jami 2 ming 721 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, tadbirlarda 1 ming 595 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan. Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan 1595 ta taʼsir choralar kurilgan. Shundan, 872 ta maʼmuriy ishlar bo‘yicha qaror qabul qilingan, 719 ta yozma ko‘rsatma, 4 ta taqdimnoma va 1 ming 121 ta ogohnomalar berilgan.
- O‘tgan yilda inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan 5 ming 337 ta har xil turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari, shundan 4650 ta traktorlar, o‘ziyurar texnikalar va 687 ta qishloq xo‘jalik agregatlari ro‘yxatga olindi.
Ushbu texnikalarga 4721 ta davlat raqami belgilari, 8145 ta plastik shakldagi texnik pasport va 1179 ta qishloq xo‘jalik guvohnomalari berilgan bo‘lib, 3146 nafar fuqarolarga traktorchi-mashinist guvohnomalari rasmiylashtirildi. Shuningdek, 932 ta texnikalar ro‘yxatdan va 106 ta texnikalar hisobdan chiqarildi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan 2022-yil davomida jami 5 mlrd. 764 mln so‘m mablag‘ tushirildi va bu yo‘nalishda ommaviy axborot vositalariga 1 287 marotaba chiqishlar tashkil qilingan -deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi bosh inspektori Sh.Butunov.
Maʼlumot o‘rnida, viloyat bo‘yicha jami 33 427 ta texnikalar mavjud bo‘lib, shundan 22 731 donasi yillik majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati