Ру Ўз O`z En

2024-yil hosilidan qabul qilingan tovar bug‘doyni sifati, sinfi va nizoli holatlar «O‘zagroinspeksiya» nazoratida

12 Iyul 2024 312

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 iyunidagi “2024 yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarorning 1-ilovasiga asosan jami 108 ta, shundan «O‘zdonmahsulot» AKga qarashli 28 ta don qabul qilish shoxobchalari va korxonalariga, 15 ta xususiy korxonalarga hamda 65 ta klasterlarga 2024 yil hosilidan jami 2 mln. 350,0 ming tonna, shundan vaqtinchalik saqlash (birja)ga 1 mln. 513,0 ming tonna va davlat zaxirasiga (jamg‘armaga) 837,0 ming tonna tovar bug‘doy davlat resursi sifatida qabul qilish belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini o‘z vaqtida va belgilangan muddatlarda taʼminlash maqsadida O‘zagroinspeksiyaning 2024 yil 14 iyunda UM-31-24-sonli buyrug‘i qabul qilinib, Respublika, hududiy va mobil Ishchi guruhlari tashkil qilindi.

Xususan, hududiy boshqarmalar va “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining joylardagi mutaxassislari bilan birgalikda: Ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan donni faqat muvofiqlik sertifikati asosida qabul qilinishi nazorat qilib borildi; korxonalarga biriktirilgan xodimlar tomonidan qabul qilinayotgan tovar don sifatini o‘rganish yuzasidan olingan namunalar to‘g‘ri olinishi va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi hamda korxonalar laboratoriyalarida tahlillar to‘g‘ri qilinishi kunlik nazorat qilindi; Joriy yilning 11 iyul holatiga jami 2 mln. 548 ming 498 tonna yoki shartnomaviy rejaga nisbatan 108,4 foiz bug‘doy jamg‘arilgan bo‘lib, shundan vaqtinchalik saqlash (birja)ga 1 mln. 706 ming 315 tonna (112,8 %), davlat zaxirasi (jamg‘arma)ga 842 ming 183 tonna (100,6 %) bug‘doy qabul qilindi.

Davlat zaxirasiga va vaqtincha saqlashga qabul qilingan qabul qilingan jami 2 mln. 548 ming 498 tonna bug‘doyning 2 mln. 365 ming 506 tonnasi yoki 92,8 foizi 3-sinfni, 5 ming 963 tonnasi yoki 0,2 foizi 4-sinfni va 177 ming 29 tonnasi yoki 7,0 foizi 5-sinfni tashkil etdi.

Qabul qilingan bug‘doyning o‘rtacha sifat ko‘rsatkichlari namligi 12,58 foizni, iflosligi 3,21 foizni, don aralashmasi 5,32 foizni, natura og‘irligi 751 gr/lni va kleykovina miqdori 23 foizni, sifati (IDK ko‘rsatkichi) II-III gruppani, shaffofligi 51 foizni tashkil qiladi.

Don korxonalari tomonidan qabul qilingan bug‘doy uchun 5 ming 210 tonna yoki 0,2 foiz ustama, 25 ming 230 tonna yoki 1,0 foiz chegirmalar hisoblangan.

G‘alla hosilini qabul qilishda vujudga kelgan jami 340 ta nizoli masalalar joyida o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilib, shundan klasterlar va fermer xo‘jaliklari foydasiga 259 ta yoki 76 foiz va don qabul qiluvchi korxonalar foydasiga 81 ta yoki 24 foiz murojaatlar hal etildi.

G‘alla mavsumida respublika Ishchi guruhi tomonidan qabul qilinayotgan tovar bug‘doyni sinflari bo‘yicha tahlillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga maʼlumot kiritib borildi.

Text to speech