Joriy yilning “2024-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli Hukumat qaroriga ko‘ra, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga davlat resursi sifatida hamda vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bug‘doyning sifati, saqlanishi hamda xaridorlarga yuklab jo‘natilishida tovar bug‘doyning sifati bo‘yicha nazorat “O‘zagroinspeksiya” tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Jamg‘armaning tijorat vakili “O‘zagroinspeksiya” nazorati ostida davlat resursi sifatida saqlanayotgan tovar bug‘doy hajmlarini ikki yilda bir marotaba to‘liq xatlovdan o‘tkazadi, avvalgi yillarda o‘tkazilgan va xatlov davrida qoldiqda turgan tovar bug‘doy partiyalarining tabiiy kamayishiga yo‘l qo‘ymasligi;
shuningdek, 2024-yil hosilidan vaqtinchalik saqlash, davlat resursi va urug‘lik uchun bug‘doyni qabul qilish omborlari dislokatsiyasi va 2024-yil hosilidan davlat resursi sifatida xarid qilinadigan bug‘doy narxlarini aniqlash koeffitsiyentlari belgilab berilgan.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, Inspeksiya tomonidan quyidagi bir qator vazifalar belgilab olindi:
Unga ko‘ra, 2024-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni uyushqoqlik bilan tashkil etish va amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilib borish; qabul qilingan g‘allaning sifati, iflosligi, namligi va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlashda, masʼul va moddiy javobgar shaxslar hamda laboratoriya xodimlari tomonidan donning miqdori va sinfi to‘g‘ri aniqlanishi ustidan nazorat qilish, hujjatlarni soxtalashtirish holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qilish; namlik va ifloslik darajasi chegaralangan meʼyordan yuqori bo‘lgan don partiyalarini qabul punktlarida tashkil etilgan alohida maydonlarda don topshiruvchi vakili ishtirokida tozalab, quritib olishni tashkil etilishini nazorat qilish;
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 312-sonli, 2006-yil 25-maydagi 95-sonli hamda 2016-yil 31-martdagi 99-son qarorlari hamda ular bilan tasdiqlangan Nizomlar talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash; ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan donni faqat muvofiqlik sertifikati asosida qabul qilinishini taʼminlash; xarid qilinadigan boshoqli don hosili sifatini o‘rganish yuzasidan olingan namunalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va laboratoriyalarida tekshirilishini tashkil etish; don qabul qilish korxonalari bilan birgalikda 2024-yil hosilidan davlat resursiga qabul qilingan yangi don hosili sifatini o‘rganish, tahliliy ko‘rikdan o‘tkazish, texnologik tavsiflarini tahlil qilish vazifalari yuklatildi.
Bundan tashqari, g‘alla hosilini qabul qilishda vujudga keladigan nizoli masalalarni joyida bartaraf etish maqsadida don qabul qiluvchi korxonalar, filiallar hamda don qabul qilish shoxobchalariga Inspeksiyaning masʼul xodimlari birma-bir biriktirildi.
Bugungi kunda barcha hududlarda g‘alla o‘rim yig‘imi avj pallaga kirgan. dastlabki natijalar boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yaratilganini ko‘rsatmoqda.
Jumladan bugungacha, g‘alla o‘rim-yig‘im ishlarini tugatgan 10 ming 248 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan davlat zaxirasi (jamg‘armaga) va vaqtinchalik saqlash (birja)ga gektariga 2,5 tonna g‘alla topshirib, belgilangan rejalar bajarilgan va 650 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan gektaridan hosildorlik 90-100 S/ga ni tashkil qilib, yuqori hosil olishga erishilgan.
Joriy yilning 20-iyun holatiga bir kunda 135 ming 593 tonna yoki 5,3 foiz, mavsum boshidan 1 mln. 413 ming 477 tonna yoki 55,4 foiz bug‘doy jamg‘arilgan bo‘lib, shundan vaqtinchalik saqlash (birja)ga 958 ming
480 tonna, davlat zaxirasi (jamg‘arma)ga 416 ming 247 tonna bug‘doy qabul qilindi.
Qabul qilingan bug‘doyning o‘rtacha namligi, ifloslik aralashmasi, donli aralashmasi, naturasi, kleykovina miqdori, sifati (IDK ko‘rsatkichi), shaffofligi Inspeksiya tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
2024-yil hosilidan yetishtirilgan donni qisqa muddatlarda o‘rib yig‘ib olish, davlat ehtiyoji uchun xarid qilinayotgan donning sifati “O‘zagroinspeksiya” tomonidan kunlik nazoratga olingan.
I. Pirnazarov, “O‘zagroinspeksiya”bosh mutaxassisi